23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zbekistonda erkaklar necha yoshda turmush qurmoqda?

O'zbekiston 23.11.2026 19:53 0Sputniknews
O‘zbekistonda erkaklar necha yoshda turmush qurmoqda?
V kakom vozraste mujchini v Uzbekistane vstupayut v brak - Sputnik O‘zbekiston
V kakom vozraste mujchini v Uzbekistane vstupayut v brak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 172 mingta nikoh qayd etildi. Milliy statistika qo‘mitasi turmush qurgan erkaklarning yosh guruhlari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, nikoh qurgan erkaklarning mutlaq ko‘pchiligi 20–30 yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, katta yoshda, jumladan, 70 yoshdan keyin ham oila qurganlar bor.
So‘nggi yillarda mamlakatda nikohlar soni kamayib bormoqda. Masalan, 2022-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 197 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 177 mingtani, 2026-yilda esa 172 mingtani tashkil etdi.
Joriy yilda qayd etilgan nikohlarning 88 mingtasi shaharlarga, 84 mingtasi qishloq joylarga to‘g‘ri keldi.
Erkaklar qaysi yoshda ko‘proq turmush qurayotgani haqida batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.

O‘xshash yangiliklar