23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

OAV: Qirg‘izistondagi yong‘inda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

O'zbekiston 23.11.2026 09:42 0Sputniknews
OAV: Qirg‘izistondagi yong‘inda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Qirg‘izistonning Manas (sobiq Jalolobod) shahrida qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana bir o‘zbekistonlik jabrlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Yong‘in 22-noyabr kuni Manas shahriga qarashli Intimak qishlog‘idagi qurilayotgan binoda sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi jabr ko‘rgan. Qutqaruvchilar ulardan ikki nafarini binodan olib chiqib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Ulardan biri is gazidan zaharlanish oqibatida shifoxonada vafot etgan, ikkinchisi reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.
Yana bir O‘zbekiston fuqarosi ham yong‘in paytida ajralgan is gazidan zaharlanib, voqea joyida halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar uning jasadini binodan olib chiqqan.
Yong‘inni o‘chirishga uchta o‘t o‘chirish guruhi jalb qilingan. Soat 21:45 da yong‘in qurshab olingan va 22:56 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozir yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar