23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yuz yildan so‘ng: Samarqandda II Butunjahon turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat 23.11.2026 10:59 0Sputniknews
Yuz yildan so‘ng: Samarqandda II Butunjahon turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Samarqandda 1926-yilda Bokuda o‘tkazilgan birinchi Turkologiya qurultoyining 100-yilligiga bag‘ishlangan II Butunjahon turkologiya qurultoyi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Qizig‘i shundaki, ikkinchi qurultoyni 1928-yilda aynan Samarqandda o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq bu reja amalga oshmay, ikkinchi Turkologiya qurultoyi qariyb bir asr davomida o‘tkazilmagan.
1926 yilgi Boku qurultoyida yetakchi turkologlar, tilshunoslar va adabiyotshunoslar til va yozuv, etnografiya, tarix, adabiyot, terminologiya hamda tarjima masalalarini muhokama qilgan edi.
O‘sha davrda eng qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan mavzulardan biri lotin alifbosiga o‘tish masalasi edi.
Oradan bir asr o‘tib, Samarqandda yig‘ilgan olimlar yana shu mavzuga qaytdi. Xususan, O‘zbekiston lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni taqdim etdi.
Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo boshqa mamlakatlarda ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar