25.11.2026, Chorshanba+13.6°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+13.6°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Mahkumga narkobiznes qilishga “sharoit” yaratib bergan koloniya boshlig‘i o‘rinbosari 11 yilga qamaldi

Jamiyat 25.11.2026 17:26 0Uz24 Uz
Mahkumga narkobiznes qilishga “sharoit” yaratib bergan koloniya boshlig‘i o‘rinbosari 11 yilga qamaldi

Mahkum esa bundan foydalanib, koloniya tashqarisidagi sheriklari bilan giyohvand moddalar savdosini tashkil qilgan. 

Mahkumga alohida sharoit yaratib berilgan

Sud materiallariga ko‘ra, K.K. 2024-yil noyabr oyida koloniya boshlig‘ining tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. U mahkumlarning belgilangan tartibga amal qilishini nazorat qilishi, qonunbuzarliklarni aniqlashi va ularning oldini olishi kerak bo‘lgan. Biroq mansabdor mahkumlardan biriga boshqalardan farqli ravishda alohida sharoit yaratib bergan. Unga aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyati ham berilgan. 

Mahkumni mehnatga jalb qilish bo‘yicha hujjatlar ham rasmiylashtirilgan. Ammo u amalda hech qanday mehnat vazifasini bajarmagan. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan mahkum koloniya tashqarisidagi sheriklari bilan bog‘lanib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosini yo‘lga qo‘ygan.

Mansabsor aybini tan olmadi

Sud jarayonida K.K. o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. U mahkumning giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganidan xabari bo‘lmaganini aytgan. Shuningdek, mahkumni reabilitatsiya markaziga joylashtirish uning vakolatiga kirmaganini bildirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi esa uni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “b” bandi — hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda 273-moddasi 5-qismi — giyohvandlik vositalarining o‘tkazish maqsadida qonunga xilof muomalasi bo‘yicha aybdor deb topgan.

Biroq mansabdor pora olish bilan bog‘liq 210-moddaning 2-qismi “v” bandi bo‘yicha oqlangan. Sud hukmiga ko‘ra, K.K. jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi. Bundan tashqari, u 3 yil davomida Ichki ishlar vazirligi tizimida ishlash huquqidan ham mahrum qilingan.

O‘xshash yangiliklar