Armaniston Konstitutsiyani özgartirmoqçi (+video)

Ozarbayjon voqeani ijobiy baholagan, Armaniston muxolifati esa hukumatni Boku bosimiga yon berişda ayblamoqda. Ekspertlar Konstitutsiyaga özgariş kiritilişi öz-özidan tinçlik şartnomasi imzolanişini kafolatlamasligiga eʼtibor qaratyapti. Yaʼni, transport yölaklarini oçiş va mintaqadagi kuçlar muvozanati ham muhim masala bölib turibdi.
Endi asosiy masala – Konstitutsiya loyihasini parlamentda referendumga çiqariş uçun yetarli ovoz töplaş va xalqning qöllab-quvvatloviga erişiş. Xullas, tahlilçilar fikriça, Konstitutsiyadan Qoraboğ bilan boğliq işora olib taşlanişi tinçlik jarayonidagi muhim qadam bölsa-da, Armaniston va Ozarbayjon kelişmovçiligi töliq bartaraf etilganini anglatmaydi.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA



