28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

Dovonda qişga tayyorgarlik böyiça saf körigi

Jamiyat 28.11.2026 05:28 0Uza
Dovonda qişga tayyorgarlik böyiça saf körigi

Taktik tadbirda Namangan viloyati hamda Kamçiq dovonidagi favqulodda vaziyatlar boşqarmalari, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali hamda tegişli taşkilotlar masʼul vakillari iştirok etdi.

Körik davomida mexanizatsiyalaşgan yiğma jamoaning tadorigi, şaxsiy tarkib va maxsus texnikalarning şayligi baholandi. Qolaversa, dovonda yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlaniş va idoralararo hamkorlik masalalariga eʼtibor qaratildi.

Kamçiq dovonida ehtimoliy qor köçişi, köçki va boşqa favqulodda vaziyatlarning oldini oliş maqsadida evakuatsiya punktlari faoliyati ham örganilib, ularda tabiiy gaz taʼminotining uzluksizligi nazoratga olindi.

– Tadbir davomida dovon hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvçi 1 ming 731 nafar suyultirilgan gaz isteʼmolçisiga maişiy gaz ballonlarini belgilangan jadval asosida yetkazib beriş, 15 nafar xodimdan iborat avariya-qutqaruv guruhi, uçta maxsus transport vositasi va 210 ta gaz ballon zaxirasi taʼminlandi, – deydi “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali direktori Ibrohim Mamajonov.

Qayd etiş lozimki, bunday amaliy çora-tadbirlar dovonda xavfsizlikni taʼminlaş, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qiliş hamda aholi va yölovçilar uçun zarur şaroitlarni yaratişga qaratilgan.

Oqilxon Dadaboyev,

ÖzA muxbiri

O‘xshash yangiliklar