Farğona viloyatini iqtisodiy rivojlantiriş va aholi daromadlarini oşirişning ustuvor vazifalari belgilandi

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ösişini taʼminlaş, investitsiyaviy faollikni oşiriş va eksport salohiyatini kengaytiriş böyiça keng kölamli işlar bajarilmoqda. Bunda har bir hududning iqtisodiy imkoniyatlaridan töliq foydalaniş, yangi iş örinlari va aholi uçun barqaror daromad manbalarini yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yiğilişda bu borada Farğona viloyatida erişilgan natijalar tahlil qilindi. Joriy yil yakuniga köra viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 9,6 foizga, sanoat 8,5 foizga, xizmatlar hajmi 16,3 foizga ösişi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari viloyat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida hali işga solinmagan katta imkoniyatlar mavjudligini, ularni röyobga çiqariş orqali aholi daromadlari va turmuş darajasini sezilarli oşiriş mumkinligini taʼkidladi.
Sönggi kunlarda xorijlik investorlar bilan ötkazilgan uçraşuvlarda energetika, quriliş materiallari sanoati, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça qator kelişuvlarga erişilgani qayd etildi.
Farğona viloyatida ham uşbu tarmoqlarni jadal rivojlantiriş uçun katta salohiyat mavjud. Bu borada umumiy qiymati kamida 20 milliard dollarlik investitsiya loyihalarining portfeli şakllantirilgan.

Viloyat sanoatini rivojlantirişning yangi modeliga ötiş böyiça takliflar bildirildi. Bunda istiqbolda talab yuqori böladigan mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştiriş, yirik sanoat korxonalari atrofida tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytiriş, ilğor texnologiyalar va zamonaviy boşqaruv usullarini joriy etiş orqali korxonalar samaradorligini oşiriş nazarda tutilmoqda.
Özbekiston, Beşariq va Farğona tumanlaridagi qariyb 1,5 ming gektar samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlarida maxsus sanoat zonalarini taşkil etiş taklifi maʼqullandi.
Şuningdek, Farğona şahrida kimyo sanoati korxonalarining böş turgan 24 gektar maydonida innovatsion texnopark taşkil etib, 300 million dollarlik loyihalarni joylaştiriş, “Eltexsanoat” texnoparki hududini qöşimça 70 gektarga kengaytiriş va Danğara tumanida uning filialini oçiş böyiça takliflar körib çiqildi.
Viloyatning tuman va şaharlarida xorijlik şeriklar bilan hamkorlikda quriliş materiallari, kabel mahsulotlari, şamol turbinalari, elektrobuslar, quyoş panellari uçun mikroçiplar, elektroskuterlar uçun akkumulyatorlar, avtomobil ehtiyot qismlari va maişiy texnika işlab çiqariş böyiça istiqbolli loyihalar taqdimot qilindi.
Mavjud imkoniyatlarni işga soliş hisobiga 2027-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmini kamida 10 foizga, sanoat işlab çiqarişini 9 foizga oşiriş, 6,1 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş va eksport hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Yiğilişda viloyatning turizm salohiyatidan samarali foydalaniş böyiça rejalar ham körib çiqildi.

Farğonaning betakror tabiati, boy madaniy merosi va hunarmandçilik anʼanalari ekologik, ziyorat, gastronomik hamda soğlomlaştiriş turizmini rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Marğilon, Qöqon va Farğona şaharlarida yirik turistik majmualarni taşkil etiş, “Çimyon-soy” böyida, Danğara, Yozyovon, Oltiariq va Söx tumanlarida Parkent tumanidagi ilğor tajriba asosida zamonaviy turistik va oilaviy dam oliş maskanlarini barpo etiş rejalari taqdim etildi.
Qişloq xöjaligida yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, xususan, boğdorçilikni sanoatlaştiriş va eksportbop mahsulotlar yetiştirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Farğona viloyati meva-sabzavotçilikda yetakçi hududlardan biri bölsa-da, boğlarning katta qismi eski usulda parvarişlanayotgani, hosildorlik pastligi va suv sarfi yuqoriligi körsatib ötildi. Yetiştirilayotgan mahsulotlarning sifat körsatkiçlari ham yirik xalqaro savdo tarmoqlari talablariga töliq javob bermayapti.
Şu bois, mutasaddilarga Farğona, Quva va Oltiariq tumanlaridagi agrostar kompaniyalari bilan hamkorlikda jami 37 ming gektar maydonda sanoatlaşgan intensiv boğlar barpo etiş vazifasi qöyildi.
Qolaversa, viloyatda 100 ming boş qoramol boqişga möljallangan yirik loyihalarni amalga oşiriş, Bağdod va Furqat tumanlarini çorvaçilikka ixtisoslaştiriş hamda Turkiya tajribasi asosida aholi xonadonlarida parrandaçilikni rivojlantiriş böyiça takliflar körib çiqildi.
Aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş borasida erişilgan natijalar ham tahlil qilindi. Joriy yil yakuniga qadar viloyatda işsizlik darajasi 3 foizga, kambağallik darajasi 2,7 foizga tuşişi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari endilikda aholi daromadlarini oşiriş hudud rahbarlari faoliyatini baholaşning asosiy mezonlaridan biri bölişini taʼkidladi.
2027-yilda bajariladigan çora-tadbirlar hisobiga viloyatda 1,1 million nafar aholining daromadini ikki barobar oşiriş maqsad qilingan.
Buning uçun har yili viloyatning bittadan tuman yoki şahrida 10 tadan mahallani sanoat, savdo va xizmat körsatişga çuqur ixtisoslaştiriş közda tutilmoqda.
Yozyovon, Beşariq, Furqat va Rişton tumanlarining kamida 10 tadan mahallasida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saqlaş, qayta işlaş va qadoqlaş böyiça loyihalarni amalga oşiriş, Oltiariq va Farğona tumanlaridagi 41 ta mahallada jami 8,5 ming gektar maydonda örikçilik va uzumçilik kooperatsiyalarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Marğilon va Farğona şaharlari hamda Uçköprik tumanidagi törtta texnikumda çet elda işlaş istagidagi fuqarolarni Germaniya va Janubiy Koreya standartlari asosida kasbga tayyorlaş tizimini yölga qöyiş taklif etildi. Bu orqali yiliga 6 ming nafar fuqaroni xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun tayyorlaş közda tutilmoqda.
Bugungi kunda Farğona viloyati aholisi 4,2 million nafardan oşgan. Aholi sonining muttasil ösib borayotgani uy-joylar, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani mutanosib ravişda rivojlantirişni taqozo etmoqda.
Şu bois, Marğilon va Farğona şaharlarida 600 ming nafar aholiga möljallangan yirik şaharsozlik loyihalarini amalga oşiriş, uşbu hududlarda yaşaş va tadbirkorlik bilan şuğullaniş uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça rejalar taqdim etildi.
Viloyatda yangi taʼlim va tibbiyot muassasalarini, zamonaviy sport majmualarini barpo etiş böyiça loyihalar ham körib çiqildi.
Yiğiliş yakunida davlatimiz rahbari viloyat hokimligi va islohotlar ştabiga mavjud imkoniyatlarni töliq işga soliş, rejalaştirilgan loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş, aniq iqtisodiy natijalarga erişiş hamda aholi muammolarini manzilli hal etiş böyiça tegişli topşiriqlar berdi.



