27.11.2026, Juma+8.6°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+8.6°CToshkent$11 987.89 27.11.2026

“Özmilliybank”ning iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça rejalari körib çiqildi

Siyosat 26.11.2026 23:38 1Uza
“Özmilliybank”ning iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni moliyaviy qöllab-quvvatlaş böyiça rejalari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyevga “Özmilliybank” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berildi.

Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantiriş, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, aholining tadbirkorlik taşabbuslarini röyobga çiqarişda bank tizimining iştiroki tobora kengayib bormoqda.

Joriy yilda “Özmilliybank” tomonidan mijozlarga jami 38,5 trillion söm, jumladan, yuridik şaxslarga 28,2 trillion söm, jismoniy şaxslarga 10,3 trillion söm kredit ajratiş rejalaştirilgan.

Ötgan davrda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini, jumladan, sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş böyiça 2 mingta loyihaga 15 trillion söm kredit yönaltirildi. Quriliş sohasidagi 235 ta loyihani moliyalaştiriş uçun 1,7 trillion söm ajratildi.

Yoşlarni, ayniqsa, taʼlim muassasalari bitiruvçilarini tadbirkorlikka jalb qiliş va ularning biznes taşabbuslarini moliyaviy qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilda bank tomonidan moliyalaştirilgan loyihalar orqali 306 ming nafar bitiruvçining bandligi taʼminlangani qayd etildi. Bank tomonidan yoşlar va bitiruvçilarning biznes loyihalariga ajratiladigan kreditlar hajmini 618 milliard sömga yetkaziş, bu orqali qariyb 10 ming nafar yoşning bandligini taʼminlaş közda tutilgan.

Bankka biriktirilgan 1 ming 188 ta mahallada aholini tadbirkorlikka jalb qiliş va yangi iş örinlarini yaratişga qaratilgan 13 mingta mikroloyiha şakllantirilgan. Uşbu loyihalarni amalga oşiriş uçun 2,8 trillion söm kredit yönaltiriş hamda 178 ming nafar aholining bandligini taʼminlaş rejalaştirilgan.

“Özmilliybank”ning 2027-yilga möljallangan asosiy vazifalari ham körib çiqildi.

Kelgusi yilda bank tomonidan ajratiladigan kreditlar hajmini 43 trillion sömga yetkaziş, jumladan, iqtisodiyotning real sektoriga 18 trillion söm, infratuzilma loyihalariga 5 trillion söm yönaltiriş közda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari bank resurslarini, avvalo, yuqori qöşilgan qiymat yaratuvçi loyihalarni moliyalaştiriş, iqtisodiyotning eksport salohiyatini oşiriş, aholining tadbirkorlik faolligini rağbatlantiriş va barqaror iş örinlarini yaratişga yönaltiriş muhimligini taʼkidladi.

Bank rahbariyatiga kredit mablağlarining iqtisodiy samaradorligini oşiriş, istiqbolli loyihalarni şakllantiriş va amalga oşirişda tadbirkorlarga kömaklaşiş, mahallalarda aholi daromadlarini köpaytiriş böyiça moliyaviy kömak işlarini yanada jadallaştiriş yuzasidan topşiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar