Farğonaliklar Gonkongdagi «Food for Good 2026» da

Iqtisodiy hamkorlar safi kengayişi uçun ularga Özbekistonning investitsion muhiti va mahsulotlari sifatiga işonç, moliyaviy munosabatlarda qonun ustuvorligiga kafolat mavjudligi tarğib qilinmoqda. Ana şu maqsadda Farğona viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus maʼmuriy hududida ötkazilgan «Food for Good 2026» xayriya tadbirida iştirok etdi.

«Food for Good» taşkiloti taşabbusi bilan ötkazilgan tadbir resurslardan oqilona foydalaniş ğoyalarini tarğib qiliş hamda Özbekiston va Xitoy örtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga qaratildi.

Özbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elçixonasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan tadbirda Farğona viloyatining eksport va turizm salohiyatini taniştiriş hamda milliy hunarmandçilik mahsulotlarini namoyiş etişga bağişlangan körgazma ham örin oldi. Şuningdek, özbek madaniyat keçasi ötkazildi.

Farğona delegatsiyasining tadbirdagi iştiroki viloyat imkoniyatlarini Gonkong işbilarmon doiralariga taniştiriş va Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Muxammadjon Obidov, ÖzA



