Mahalla imkoniyatlari örganildi

Prezidentning Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tumanning Markaz mahallasidagi Hurriyat madaniyat markazida taşkil etilgan sayyor qabulda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov, korxona va taşkilotlar rahbarlari hamda soha mutasaddilari iştirok etişdi.
Unda 120 nafar fuqaro içimlik suvi, tabiiy gaz va elektr taʼminoti, içki yöllarni taʼmirlaş, uy-joy, bandlik, tibbiy xizmat, ijtimoiy yordam, kredit ajratiş hamda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş bilan boğliq masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatlar masʼullar iştirokida körib çiqilib, ularning yeçimini topiş böyiça tegişli taşkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi. Qöşimça örganiş talab etiladigan masalalarni nazoratga oliş, fuqarolarga amaliy yordam körsatiş va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratildi.
Sayyor qabuldan söng viloyat rahbari Markaz mahallasida aholi daromadini oşiriş, tomorqa yerlaridan samarali foydalaniş va qöşimça daromad manbalarini yaratiş imkoniyatlari bilan tanişdi.

Xususan, mavsumdan unumli foydalangan holda töqsonbosti ekinlarini ekiş, xonadonlar atrofida mevali va manzarali daraxt köçatlarini parvarişlaş masalalari körib çiqildi. Mahalladagi har bir xonadonning imkoniyatlarini işga soliş, tomorqadan samarali foydalaniş orqali daromadni oşiriş böyiça masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.
Hududda köçatçilikni rivojlantiriş borasida ham eʼtiborga molik tajriba bor. 19-sonli umumtaʼlim maktabida 2004-yildan buyon davom etib kelayotgan köçatçilik faoliyati buning yaqqol misolidir. Ayni paytda taʼlim muassasasida 17 turdagi 10 mingdan ortiq manzarali köçat parvarişlanmoqda.

Uşbu tajribani mahallalarda ommalaştiriş, köçatçilik va gulçilikni rivojlantiriş orqali aholi uçun yangi daromad manbalarini yaratiş masalalariga eʼtibor qaratildi. Buning uçun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş, taşabbuskor aholi va yoşlarni mazkur yönalişga jalb etiş böyiça vazifalar belgilandi.

Şundan söng «Yaşil» texnikumida olib borilayotgan quriliş-taʼmirlaş işlari bilan tanişdi. Işlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlaş, hududni obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş yuzasidan masʼullarga tegişli körsatmalar berildi.
Boyovut tumanidagi uşbu uçraşuv va örganişlar xalq bilan muloqotni amaliy natijalar bilan mustahkamlaş, aholi murojaatlariga yeçim topiş, şuningdek, mahallalarning içki imkoniyatlarini işga solişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi. Zero, obod mahalla, farovon xonadon va aholi roziligi, avvalo, har bir muammoga öz vaqtida yeçim topiş va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanişdan boşlanadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri



