Masalalar yeçimi yuzasidan aniq topşiriqlar berildi

Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi boşliği B. Murodovning “Buxoro” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tadbirkorlar, bojxona rasmiylaştiruvi mutaxassislari hamda ombor vakillari bilan ötkazgan sayyor qabuli ham ana şu yondaşuvning amaliy ifodasi böldi.
Unda yigirmaga yaqin taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçisi qatnaşib, import-eksport operatsiyalarini amalga oşiriş, tovarlarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş jarayonida uçrayotgan muammolar va ularning yeçimi yuzasidan öz takliflarini bildirdi.
Xususan, “LIYA TEKSTIL” masʼuliyati çeklangan jamiyati vakillari ayrim import va eksport tovarlari “qizil” yölak orqali rasmiylaştirilayotgani, bu esa jarayonlarga qöşimça vaqt sarflanişiga sabab bölayotganini qayd etib, bunday nazorat şakli qöllaniladigan holatlarni kamaytiriş imkoniyatlari bilan qiziqişdi.
Mazkur murojaat yuzasidan korxona vakillariga bojxona nazorati yölaklari tasodifiy tarzda emas, balki bojxona organlarida joriy etilgan “Xavfni boşqariş” avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali belgilanişi tuşuntirildi. Uşbu tizimda tovarlar va taşqi iqtisodiy operatsiyalarga oid maʼlumotlar tahlil qilinib, mavjud xavf darajasiga qarab tegişli nazorat şakli tanlanadi.


Şuningdek, tadbirkorlarga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 500-son qaroriga muvofiq vakolatli iqtisodiy operator maqomini oliş tartibi va uning afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi. Uşbu maqomga ega korxonalar uçun bojxona rasmiylaştiruvi, tovarlarni çiqarib yuboriş va bojxona körigidan ötkaziş jarayonlarida qator ustuvorlik va yengilliklar nazarda tutilgani taʼkidlandi.
Qabul davomida boşqa tadbirkorlarning ham murojaatlari tinglandi. Ayrim masalalarga şu yerning özida huquqiy va amaliy tuşuntirişlar berilgan bölsa, qöşimça örganişni talab etadigan murojaatlar böyiça masʼullar belgilandi. Ularni qonunçilik talablari asosida qisqa muddatlarda hal etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Eʼtiborlisi, bunday sayyor qabullar şunçaki murojaatlarni eşitiş bilan çeklanmay, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga tösiq bölayotgan muammolarni aniqlaş, ularning kelib çiqiş sabablarini örganiş va bartaraf etişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, tadbirkor uçun har bir sarflangan vaqt, ortiqça hujjatbozlik yoki keçikkan jarayon iqtisodiy faoliyatga bevosita taʼsir körsatadi.


Şu maʼnoda, bojxona organlari rahbarlarining joylarda tadbirkorlar bilan oçiq muloqot qilişi, muammolarga aniq yeçim topişi va berilgan topşiriqlar ijrosini nazoratga olişi davlat idoralari va biznes örtasidagi işonçni mustahkamlaş, taşqi iqtisodiy faoliyatdagi tösiqlarni kamaytiriş hamda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri



