26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

"Ona Uyi": 2 yilda 394 bola va 283 onaga kömak berildi

Jamiyat 26.11.2026 17:11 0Uza
"Ona Uyi": 2 yilda 394 bola va 283 onaga kömak berildi

Jumladan, ikki yil içida "Ona Uyi" markazlarida 394 nafar bola va 283 nafar ayol kömak oldi. Loyiha davomida 45 nafar çaqaloq dunyoga keldi, ular hayotni muassasa devorlari orasida emas, balki ona bağrida boşladi. Markazlar soni 2 tadan 9 taga yetdi. Ular Toşkent (ikkita), Samarqand, Buxoro, Andijon, Çirçiq va Quvasoyda faoliyat yuritmoqda. 2026-yildan esa Nukus va Termizda ham yangi markazlar oçiladi. Bugungi kunda mamlakatning 14 ta hududidan 8 tasi uşbu dastur bilan qamrab olingan.

"Ona Uyi" ayollarga şunçaki vaqtinçalik turar joy bermaydi. Loyiha xavfsiz muhit yaratiş, hujjatlarni tiklaş, kasb örgatiş va iqtisodiy mustaqillikni taʼminlaş orqali ayollarni inqirozdan olib çiqib, farzandlarini öz oilasida katta qilişlari uçun şaroit yaratadi. Bunday yordamga ehtiyoj katta.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumotiga köra, 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş maqsadida 107 ming 167 ta himoya orderi rasmiylaştirilgan.

"Ona Uyi" loyihasi Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi kömagida amalga oşirilmoqda va davlatning ijtimoiy islohotlari bilan uyğun rivojlanmoqda.

2025-yil 1-yanvardan boşlab mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam taʼminlangan oilalarning farzandlarini vaqtinçalik qabul qiliş tartibi bekor qilinadi. Endi kambağallik bolani oiladan ajratişga sabab bölmaydi.

2026-yil 1-fevraldan boşlab zöravonlikka uçragan va uçraş xavfi ostida turgan bolalar uçun professional tutingan oila xizmati joriy etildi. 17 yoşgaça bölgan 8 mingdan ortiq yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun omonat hisobraqamlari oçilib, har biriga davlat tomonidan 500 dollardan mablağ joylaştirildi. Bola 18 yoşga tölgaç, uşbu mablağdan foydalana oladi. "Ona Uyi" markazlari bu tizimda muhim böğin bölib xizmat qilmoqda: ular oilani inqiroz paytida saqlab qolib, bolani muassasaga tuşişdan asraydi.

Har bir yangi markaz mahalliy homiylar kömagida oçilgan. Yirik kompaniyalar nafaqat mablağ, balki boşqaruv tajribasi va şaxsiy iştiroki bilan ham loyihaga hissa qöşmoqda. «Korzinka.uz» asosçisi Zafar Hoşimov fikriça, bu bir martalik xayriya emas, balki mamlakat kelajagiga kiritilgan sarmoya.

Loyiha natijalari Toşkentda bölib ötgan forumda taqdim etildi. Unda 80 dan ortiq tadbirkor, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi. Bugungi kunda Namangan, Qaşqadaryo, Navoiy, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida hali "Ona Uyi" markazlari mavjud emas. Loyiha tadbirkorlarni markaz oçişni moliyalaştiriş, ayollarni işga joylaştiriş, Homiylik kengaşiga qöşiliş orqali uşbu ezgu işga hissa qöşişga çorlamoqda. Maqsad bitta: Markaziy Osiyoda birorta ham bola yetim bölib qolmasligi kerak!

Sanjar Toşpölatov,

Nişonboy Abduvoyitov,

Uluğbek Töxtayev,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar