Poytaxt va viloyatni boğlovçi yangi avtobus yönalişi işga tuşdi

Masalaga ijobiy yeçim topiş yölida jamoat transporti qamrovini kengaytiriş, poytaxt va unga tutaş hududlar örtasidagi transport aloqalarini yanada mustahkamlaş, aholi uçun qulay va sifatli taşiş xizmatlarini taşkil etiş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.
Quvonarlisi, kelib çiqayotgan noqulayliklarga öz vaqtida eʼtibor qaratildi. 2026-yil 23-noyabrdan boşlab 158-sonli «Kensoy qörğoni — Yunusobod Universam» yangi avtobus yönalişi yölovçilarga xizmat kursata boşladi.
Maʼlum qilinişiça, mazkur yönaliş Toşkent viloyatining Kensoy qörğonidan boşlanib, Abu Rayhon Beruniy universiteti, Rahbar ota masjidi, 23-sonli oilaviy poliklinika, Uç Qahramon va 271-maktab hududlari orqali Toşkent şahridagi Yunusobod Universam bekatigaça harakatlanadi.
Yönaliş böylab 10 ta örta siğimli zamonaviy avtobus aholiga xizmat körsatişi belgilangan.
Taʼkidlaş kerakki, yangi yönaliş — aholi uçun yangi imkoniyat, manzillar örtasida yanada qulay va uzviy transport aloqasini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Şerbek Islomov, ÖzA



