Prokuraturaning öz “Yaşil makoni” böladi

Ayni çoğda, viloyatning yaşil hududlarini kengaytiriş va ekologik muhitini yaxşilaş vazifasi ham bajariladi. Bu işga barça birdek hissa qöşyapti.

Hatto prokuratura idoralari ham. Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari taşkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Prokuraturaning 35 yilligiga – 35 ming tup daraxt» aksiyasi amalga oşirilmoqda. Farğona prokuraturasi ham uşbu aksiya doirasida Ekoşaharda maxsus xiyobon taşkil etilib, keng kölamli köçat ekiş tadbirini ötkazdi.

Unda prokuratura organlari xodimlari, şahar hokimligi vakillari, nuroniylar va yoşlar iştirok etib, hududga turli manzarali daraxt köçatlarini ekdilar.

Mazkur taşabbus şahar ekologiyasini yaxşilaş, atrof-muhit musaffoligini asraş va yaşil hududlarni kengaytirişga qaratilgan navbatdagi muhim tadbir böldi.
Muhammadjon Obidov, ÖzA



