Talaba va bitiruvçilar Bolgariyada işlaş imkoniyatlari bilan taniştirildi

Seminarda xorijda iş tajribasini orttiriş, çet tillarini amaliyotda mustahkamlaş hamda xalqaro mehnat muhiti bilan yaqindan tanişiş istagidagi yoşlar uçun taklif etilayotgan dastur imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlanganidek, dastur doirasida talabalar uçun 3 va 6 oylik mavsumiy işlar, bitiruvçilar uçun esa uzoq muddatli iş örinlari taklif etilmoqda. Iş faoliyati asosan mehmonxona va xizmat körsatiş sohalarini qamrab oladi.

Dastur iştirokçilari uçun iş beruvçi tomonidan boriş va qaytiş aviaçiptalari, bepul turar joy, kuniga uç mahal issiq ovqat hamda töliq tibbiy suğurta bilan taʼminlaş imkoniyatlari yaratilgan.

Seminar davomida yoşlarning xorijda qonuniy mehnat faoliyatini olib borişi, xalqaro tajriba orttirişi va kasbiy könikmalarini rivojlantirişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlarning ahamiyati taʼkidlandi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri



