29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

Tarixiy qadriyatlardan zamonaviy taraqqiyot sari

Turizm 28.11.2026 16:53 0Uza
Tarixiy qadriyatlardan zamonaviy taraqqiyot sari

Tarixiy manbalarda Buxoro nomi ilm-maʼrifat bilan ham boğlanadi. Ayrim qadimgi luğatlarda uning maʼnosi “ilm köp joy”, yaʼni olimlar va fozillar maskani sifatida izohlangan. Darhaqiqat, IX–X asrlardan boşlab, Buxoro islom olamining yirik ilmiy va maʼrifiy markazlaridan biriga aylandi. Şu bois tarixiy manbalarda şahar “Qubbatul Islom” — “Islom gumbazi” nomi bilan ham tilga olingan. Ayniqsa, XIII asrdan boşlab “Buxoroi şarif” atamasi keng qöllanila boşlagani şaharning nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki diniy-maʼnaviy hayotda ham yuksak mavqega ega bölganini körsatadi. Bu nomning zamirida oddiy geografik tuşunça emas, balki Buxoroning asrlar davomida ilm, hikmat, maʼrifat, bağrikenglik va yuksak axloqiy qadriyatlar markazi sifatida şakllangan tarixiy qiyofasi mujassamdir.

Buxoroning “şarif” deb uluğlanişi uning ötmişiga berilgan baho bölibgina qolmay, bugungi avlod zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Zero, bu nomga munosib böliş uçun şaharning tarixiy obidalarini asraş, ilmiy merosini örganiş va maʼnaviy anʼanalarini davom ettiriş zarur.

Demak, Buxoro — şunçaki qadimiy şahar emas. U insoniyat tamadduni tarixida çuqur iz qoldirgan, asrlar davomida ilm-fan, maʼrifat, islom madaniyati va hunarmandçilik rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk maʼnaviy makondir. Uning har bir köçasi, har bir meʼmoriy obidasi, har bir ziyoratgohi zamirida xalqimizning boy tarixi, yuksak tafakkuri va betakror milliy qadriyatlari mujassam.

Şu bois Buxoroni asrab-avaylaş, uning tarixiy qiyofasini saqlaş, madaniy merosini dunyoga keng tarğib etiş biz uçun nafaqat masʼuliyatli vazifa, balki avlodlar oldidagi muqaddas burçdir.

Bugun mamlakatimizda milliy özlikni anglaş, tarixiy xotirani tiklaş, ajdodlarimizdan meros bölib qolgan moddiy va maʼnaviy boyliklarni muhofaza qiliş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, madaniy merosni asraş bilan birga, undan oqilona foydalaniş, turizm infratuzilmasini rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan yondaşuvlar Buxoro taraqqiyotida yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.

Prezident taşrifi: tarixiy merosni asraş va zamonaviy turizmni rivojlantiriş

Joriy yilning 3-noyabr kuni Hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga taşriflari davomida tarixiy-madaniy meros obʼektlarini asraş, ularning asl meʼmoriy qiyofasini tiklaş va ziyorat turizmi infratuzilmasini rivojlantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Davlatimiz rahbarining taşrifi Kogon tumanidagi Bahouddin Naqşband meʼmoriy majmuasini ziyorat qilişdan boşlandi. Majmuaning tarixiy qiyofasini saqlaş va ziyoratçilar uçun qulaylik yaratiş borasida amalga oşirilgan işlar haqida maʼlumot berildi.

Xususan, XV asrga oid tarixiy çizmalar asosida Doniyolbiy otaliq madrasasi va Toqi miyona darvozasi qayta tiklangani, muzey ekspozitsiyasi hamda ilmiy-tadqiqot markazi taşkil etilgani eʼtiborga molik. Bugungi kunda mazkur majmuaga kuniga örtaça 15 ming nafarga yaqin ziyoratçi taşrif buyurmoqda.

Taşrif davomida Prezidentimiz Buxoro şahridagi Qöşmadrasa meʼmoriy ansamblida ham bölib, Abdullaxon va Modarixon madrasalarining tarixiy ahamiyati, meʼmoriy xususiyatlari va bu yerda olib borilgan restavratsiya işlari bilan tanişdi.

Maʼlumot örnida aytiş joizki, Qöşmadrasa ansambli 2023–2024-yillarda 6 milliard sömlik loyiha asosida qisman restavratsiya qilingan. Taşrif çoğida ansamblni yanada keng qamrovda restavratsiya qiliş rejasi taqdim etildi. Davlatimiz rahbari tarixiy obidaning asl qiyofasini saqlaş va sayyohlar uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça tegişli körsatmalar berdi.

Uşbu taşrifning muhim jihatlaridan yana biri — tarixiy merosni zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan uyğunlaştiriş masalasi böldi. Jumladan, Buxoroda barpo etilayotgan yangi turizm markazi loyihasi bilan tanişildi. 50 gektar maydonni qamrab oluvçi va 105 million dollar investitsiya kiritiş rejalaştirilgan uşbu majmuada muzey, körgazmalar zali, ikkita mehmonxona, 80 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming örinli amfiteatr, hunarmandçilik markazlari hamda 70 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari taşkil etilişi közda tutilgan. Loyiha töliq işga tuşgaç, 2 mingta yangi iş örni yaratilişi va Buxoroga qöşimça 2 milliondan ortiq sayyoh jalb qilinişi kutilmoqda.

Mazkur taşrif tarixiy merosni muhofaza qiliş, restavratsiya işlarini ilmiy asosda taşkil etiş va turizmni iqtisodiy taraqqiyotning muhim yönalişi sifatida rivojlantiriş özaro boğliq jarayonlar ekanini yana bir bor körsatdi.

Buxoro — tarixiy meros va zamonaviy sanʼat uyğunligi markazi

Buxoroning xalqaro madaniy maydondagi mavqeini mustahkamlaş, uni tarixiy obidalar va hunarmandçilik bilan bir qatorda zamonaviy sanʼat va ijodiy industriyalar markazi sifatida ham dunyoga tanitiş borasida yangi taşabbuslar amalga oşirilmoqda.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan 2025-yil 5-sentabr — 23-noyabr kunlari Buxoro şahrida ilk bor Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi taşkil etildi. “Qalblar dardiga darmon” (“Recipes for Broken Hearts”) deb nomlangan mazkur yirik madaniy tadbir Buxoroning ikki ming yillik tarixiy muhitida zamonaviy sanʼat, milliy hunarmandçilik va xalqaro ijodiy muloqotni özaro uyğunlaştirdi.

Biyennalening öziga xos jihati şundaki, zamonaviy sanʼat asarlari odatiy körgazma zallarida emas, balki tarixiy obidalar, qadimiy masjidlar, madrasalar va karvonsaroylarda namoyiş etildi. Natijada tarixiy binolar yangi mazmun kasb etib, ötmiş va bugun, milliy anʼanalar va zamonaviy ijod örtasida öziga xos madaniy muloqot maydoniga aylandi.

Biyennale doirasida 40 ta mamlakatdan 65 nafardan ortiq taniqli rassom va usta ijodkor iştirok etdi. Ularning mahalliy hunarmandlar bilan hamkorligida yaratilgan sanʼat asarlari, mahorat darslari, ilmiy-maʼrifiy uçraşuvlar va madaniy dasturlar tadbirning mazmun-mohiyatini boyitdi.

Rasmiy maʼlumotlarga köra, biyennale davomida Buxoroga 1,8 million nafar mehmon taşrif buyurdi. Bu körsatkiç tadbirning nafaqat madaniy, balki turistik va iqtisodiy ahamiyati ham katta bölganini körsatadi. Eng muhimi, biyennalega tayyorgarlik jarayonida tarixiy markazdagi madaniy meros obʼektlarini restavratsiya qiliş, taʼmirlaş-tiklaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi. Bu esa tarixiy binolarni saqlaş bilan birga, ulardan zamonaviy madaniy hayotda samarali foydalaniş imkoniyatini kengaytirdi.

Biyennale Buxoroning xalqaro kreativ iqtisodiyot makonidagi örnini mustahkamlaş, mahalliy hunarmandçilik maktablarini jahon sanʼat olami bilan boğlaş va şaharning turistik jozibadorligini oşirişga xizmat qildi.

Şu tariqa, Buxoro özining boy tarixiy merosini zamonaviy sanʼat bilan uyğunlaştirgan holda, xalqaro madaniy muloqotning yangi markazlaridan biri sifatida namoyon böldi. Biyennalening 2027-yilda ikkinçi bor ötkazilişi belgilangani esa uşbu taşabbusning izçil davom etişini anglatadi.

Bebaho meros — jahon eʼtirofidagi Buxoro

Bugungi kunda Buxoro viloyatidagi 830 ta moddiy madaniy meros obʼekti davlat muhofazasiga olingan. Ularning 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 508 tasi arxitektura obidalari, 17 tasi monumental sanʼat asarlari va 18 tasi diqqatga sazovor joylardan iborat.

Bu raqamlar şunçaki statistik körsatkiç emas. Ular zamirida ming yillik tarix, yuzlab avlodlarning mehnati, meʼmorlik va bunyodkorlik maktabi, butun insoniyat uçun ahamiyatli bölgan ulkan madaniy boylik mujassam.

Buxoro tarixiy markazining 1993-yildan buyon YUNESKOning Umumjahon merosi röyxatida turişi ham uning xalqaro miqyosdagi örni va ahamiyatini yaqqol namoyon etadi. 2023-yilda esa “Ipak yöli: Zarafşon–Qoraqum koridori” nominatsiyasi doirasida viloyatimizdagi yana yettita noyob tarixiy obʼekt — Poykent, Varaxşa, Vardonze, Çor Bakr, Bahouddin Naqşband majmualari, Vobkent minorasi hamda Çaşmai Ayub xazirasi YUNESKOning Umumjahon merosi röyxatiga kiritildi. Bu eʼtirof Buxoroning nafaqat milliy, balki umuminsoniy madaniy meros xazinasidagi munosib örnini yana bir bor tasdiqladi.

Bundan taşqari, 2023-yilda Buxoro şahri YUNESKOning Ijodkor şaharlar tarmoğiga “Hunarmandçilik va xalq amaliy sanʼati” yönalişi böyiça aʼzo böldi. 2027-yilda mazkur nufuzli tarmoqning yillik konferensiyasiga Buxoroning mezbon sifatida tanlangani esa şahrimizning boy hunarmandçilik anʼanalari, ijodiy salohiyati va xalqaro nufuziga berilgan yuksak bahodir.

Bularning barçasi Buxoroning jahon turizm xaritasidagi mavqeini yanada mustahkamlaş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va hududga sayyohlar oqimini köpaytiriş uçun muhim zamin yaratmoqda.

Tarixiy obidalarni asraş masʼuliyati

Madaniy merosni muhofaza qilişdagi asosiy maqsadimiz tarixiy obidalarni şunçaki saqlab qoliş emas, balki ularning asl qiyofasi, meʼmoriy xususiyatlari va tarixiy qiymatini kelajak avlodlarga bezavol yetkazişdan iborat. Şu maqsadda viloyatimizda restavratsiya, konservatsiya, ilmiy tadqiqot va arxeologik izlanişlar izçil davom ettirilmoqda.

2026-yilgi manzilli dasturga muvofiq, yettita obʼektda asraşga doir restavratsiya, törtta yodgorlikda esa loyiha-qidiruv işlari amalga oşirilmoqda. Xususan, Buxoro şahridagi Kökaldoş va Toş Saroy madrasalari, Vobkentdagi Toş masjid-2, Ğijduvondagi Soktare-1 masjidi, Xöja Langar va Mirzayon masjidlarida malakali usta-restavratorlar tomonidan taʼmirlaş-tiklaş işlari olib borilmoqda.

Şuningdek, Kogon şahrida “Örta şaharlarni kompleks rivojlantiriş” loyihasi doirasida Amir saroyi, Italiya şifoxonasi, Nemis banki kabi oltita tarixiy binoda qayta tiklaş işlari davom etmoqda.

Soha uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş ham alohida eʼtiborimiz markazida. Ayni paytda 1,35 gektar maydonda barpo etilayotgan Buxoro restavratsiya maktabi qurilişi yakuniy bosqiçga yetdi. Bu maskanda “ustoz-şogird” anʼanalari asosida pişiq ğişt teriş, gançkorlik, naqqoşlik va yoğoç öymakorligi kabi qadimiy hunarlar yoş avlodga amaliy tarzda örgatiladi. Çunki tarixiy obidalarni asraş uçun zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, anʼanaviy meʼmorçilik va hunarmandçilik sirlarini puxta egallagan mutaxassislar ham zarur.

Bugun madaniy merosni örganişda xalqaro ilmiy hamkorlik ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Italiya, AQŞ va Rossiya Davlat Ermitaji olimlari bilan hamkorlikda Poykent, Vardonze va Buxoro şahriştonida arxeologik tadqiqotlar ötkazildi. Sönggi ikki yilda topilgan 106 ta noyob arxeologik aşyo Buxoro davlat muzey-qöriqxonasi fondlariga topşirildi.

Viloyatdagi barça arxeologiya yodgorliklarining raqamlaştirilib, yagona elektron platformaga joylaştirilgani esa ularni hisobga oliş, örganiş va muhofaza qilişda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.

Fransiyaning “Wilmotte & Associés SAS Architecture” taşkiloti bilan Buxoro şahrining boşqaruv rejasi ustida iş olib borilayotgani, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan tarixiy markaz uçun raqamli boşqaruv platformasini yaratiş loyihasi amalga oşirilayotgani ham sohaga zamonaviy yondaşuvning yorqin namunasidir.

Madaniy meros — iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar manbai

Biz madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilişni hududning iqtisodiy taraqqiyoti bilan uzviy boğliq holda köramiz. Zero, tarixiy obidalar atrofida turizm va xizmat körsatiş infratuzilmasini rivojlantiriş, hunarmandçilikni qöllab-quvvatlaş orqali yangi iş örinlari yaratiş mumkin.

Bu borada madaniy meros obʼektlaridan oqilona foydalaniş mexanizmi öz samarasini bermoqda. Hozirda viloyatimizdagi 33 ta madaniy meros obʼekti 329 nafar hunarmand va tadbirkorga ijara şartnomalari asosida foydalaniş uçun topşirilgan.

Şuningdek, “Raşid” karvonsaroyi, “Turkman” va “Xöja Qurbon” madrasalari, Sarrofon köçasidagi Qadimiy hovli kabi tarixiy obʼektlar tadbirkorlar mablağlari hisobidan, ilmiy-ekspert kengaşi nazorati ostida restavratsiya qilinib, sayyohlik xizmatlariga moslaştirildi.

Şunday yönalişda amalga oşirilgan 20 ga yaqin loyiha natijasida 2025–2026-yillarda 65,75 milliard söm byudjet mablaği tejalib, 250 ga yaqin yangi iş örni yaratildi.

Ayniqsa, “Jörabek” karvonsaroyining taşabbuskorlar kömagida taʼmirlanib, yoşlarga miniatyura va naqqoşlik sirlarini örgatuvçi “Ustoz-şogird” bolalar amaliy sanʼat markaziga aylantirilgani eʼtiborga molik. Bu orqali tarixiy obida nafaqat saqlab qolindi, balki yoş avlodning ijodiy salohiyatini rivojlantirişga xizmat qiladigan maʼrifiy maskanga aylandi.

Demak, madaniy merosni asraş va tadbirkorlikni rivojlantiriş bir-birini töldiruvçi, özaro manfaatli jarayondir.

Ziyorat turizmi — Buxoroning maʼnaviy qiyofasi va xalqaro nufuzi

Buxoroning dunyo sayyohlari uçun jozibadorligi, avvalo, uning boy tarixiy va maʼnaviy merosi bilan boğliq. Ayniqsa, islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qöşgan buyuk allomalar, aziz-avliyolar va mutafakkirlar hayoti hamda ilmiy merosi viloyatimizni xalqaro ziyorat turizmining muhim markazlaridan biriga aylantirmoqda.

Buyuk tasavvuf namoyandalari — Abduxoliq Ğijduvoniy, Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fağnaviy, Ali Romitaniy, Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqşband nomlari bilan boğliq “Yetti pir” ziyoratgohlari nafaqat musulmon olami, balki jahon maʼnaviy merosining ham bebaho durdonalaridir.

Bugun uşbu ziyoratgohlarda ziyoratçilar uçun qulay şaroitlar yaratiş, xizmatlar sifatini oşiriş va ziyorat maskanlarini yagona turistik klaster sifatida rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, “Yetti pir” majmuasiga kiruvçi yettita ziyoratgohda mehmonxona, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, hunarmandlar rastalari, kitob va suvenirlar dökonlari, turizm axborot markazlari, tahoratxonalar va boşqa zarur xizmatlarni öz içiga olgan turistik maskanlar faoliyati yölga qöyilgan.

Ziyoratçilarga qulaylik yaratiş maqsadida ziyoratgohlarga olib boruvçi yöllar va ularning içki hududlarida 125 ta tarğibot-axborot vositasi, jumladan, xaritalar, stellalar, pannolar, ziyorat odobiga oid maʼlumotlar hamda hikmatli sözlar örnatildi. Şuningdek, yettita zamonaviy elektron infokiosk işga tuşirilib, ularga “Tariqatning yetti piri” multimedia dasturi joylaştirildi. Bu orqali ziyoratçilarga har bir maskanning tarixi, buyuk allomalar hayoti, ilmiy-maʼnaviy merosi haqida audio, video va elektron materiallar orqali maʼlumot oliş imkoniyati yaratildi. Ziyorat turizmini xalqaro miqyosda tarğib qiliş borasida ham Buxoroda salmoqli tajriba şakllangan.

2019-yil 21–23-fevral kunlari Buxoro şahrida ötkazilgan birinçi xalqaro “Ziyorat turizmi” forumida dunyoning 34 ta davlatidan 130 nafardan ziyod nufuzli mehmonlar, xalqaro taşkilotlar, turizm uyuşmalari, kompaniyalar vakillari hamda din ulamolari iştirok etişdi. Forum yakunida Özbekistonni ziyorat turizmi markazlaridan biri sifatida eʼtirof etişga qaratilgan “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilindi.

Buxoroning xalqaro eʼtiroflari bu bilan çeklanmaydi. Islom hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining 9-anjumani qaroriga muvofiq, 2020-yilda şahrimiz “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilindi.

2022-yilda Butunjahon hunarmandçilik kengaşi tomonidan Buxoroga “Butunjahon hunarmandlar şahri” maqomi berildi. Şu yilning özida şahrimiz “Turkiy dunyoning yoşlar poytaxti” sifatida ham eʼtirof etildi.

2022-yil 19-may kuni Buxoroda ötkazilgan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumida 11 ta davlatdan 100 ga yaqin iştirokçi qatnaşdi. Tadbir yakunida diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlaşga qaratilgan “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilindi. Şuningdek, 2022-yilda Abu Hafs Kabir Buxoriyning boy ilmiy merosiga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazilib, unda Misr, Turkiya va Tojikistondan kelgan olimlar iştirok etişdi. Bu kabi tadbirlar Buxoroning buyuk allomalari merosini xalqaro ilmiy jamoatçilikka yetkazişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ziyorat turizmining xalqaro tarğibotida media imkoniyatlaridan ham samarali foydalanilmoqda. Jumladan, 2022-yil Ramazon oyida Turkiyaning TRT1 telekanalida “Yetti pir” ziyoratgohlariga bağişlangan “Saharlik barakati” körsatuvlari namoyiş etildi. Turkiyalik şoir va Buxoroning turizm elçisi Serdar Tunjer tomonidan tayyorlangan hujjatli filmlar orqali ajdodlarimiz merosi Turkiya va Yevropa auditoriyasiga keng taniştirildi.

2024-yil 30-may kuni Singapurda ötkazilgan “Halal In Travel – Global Summit 2024” umumjahon sammitida Buxoroga xalqaro mukofot topşirilgani ham viloyatimizning halol va ziyorat turizmi yönalişidagi salohiyatiga berilgan yuksak bahodir.

2024-yil 27–29-noyabr kunlari Buxoroda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” yuqori saviyada taşkil etildi. Unda 100 nafardan ziyod iştirokçi, jumladan, Turkiy davlatlar taşkilotiga aʼzo mamlakatlardan kelgan xorijiy mehmonlar qatnaşdi.

Ziyorat turizmida xizmatlar sifatini oşiriş, xorijiy sayyohlar bilan muloqot imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida Malayziyadan mutaxassis jalb qilinib, gidlar va talabalar uçun malay tili kurslari taşkil etildi.

2026-yil 17–23-sentabr kunlari Jahon söfiylar markazi taşabbusi bilan ötkazilgan VI “International Naqshbandi Tourism Festival” xalqaro festivali ham Buxoroning xalqaro ziyorat turizmi markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamladi. Malayziya, Indoneziya, Rossiya, AQŞ, Bangladeş va Pokiston kabi davlatlardan 200 nafarga yaqin mehmon iştirok etgan mazkur festival doirasida “Naqşbandiylik anʼanasi: Islomda tinçlik, bağrikenglik va özaro anglaşuvni rivojlantirişdagi örni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ham taşkil etildi.

Bu tadbirlarning barçasi Buxoroning maʼnaviy merosini dunyoga tanitiş, xalqlar örtasida döstlik va madaniy muloqotni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.

Sönggi ön yillikda Buxoro turizmi: iqtisodiy ösiş va yangi taraqqiyot nuqtalari

Sönggi ön yil davomida turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biriga aylandi. Bu jarayonda Buxoro viloyati ham özining ulkan tarixiy, madaniy va tabiiy salohiyatini iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylantiriş borasida sezilarli natijalarga erişmoqda. Eng muhimi, bugungi ösiş surʼatlari sohaning barça yönalişlarida — xorijiy va içki sayyohlar oqimi, turistik xizmatlar eksporti, mehmonxona infratuzilmasi, tadbirkorlik va yangi iş örinlari yaratilişida namoyon bölmoqda.

Raqamlarga murojaat qiladigan bölsak, 2017-yilda viloyatga 1,2 million nafar xorijiy sayyoh taşrif buyurgan bölsa, 2026-yilning dastlabki 10 oyida ularning soni 8,2 million nafarga yetdi. Bu qariyb 6,8 barobar ösiş demakdir.

Turizm xizmatlari eksportida ham katta ösiş kuzatildi. Xususan, 2017-yilda 37,2 million dollarni taşkil etgan mazkur körsatkiç 2025-yilda 891,6 million dollarga yetdi. Yaʼni eksport hajmi 23,9 barobarga oşdi.

Turizm infratuzilmasining kengayişi ham uşbu jarayonning muhim natijalaridan biridir. Agar 2017-yilda viloyatda 114 ta joylaştiriş vositasi faoliyat yuritgan bölsa, 2026-yilning 10 oyligiga kelib ularning soni 759 taga yetdi. Bu qariyb 6,6 barobar ösişni anglatadi. Mazkur obʼektlardagi joylaştiriş örinlari soni esa 18 mingtaga yetdi. Har yili örtaça 70 ta yangi joylaştiriş vositasining işga tuşirilayotgani sohada xususiy sektor faolligi ortib borayotganini körsatadi.

Sayyohlarga xizmat körsatuvçi turistik korxonalar soni ham 41 tadan 261 taga köpaydi. Bu esa turizm bozorida raqobat muhiti şakllanayotgani, xizmatlar turi va sifati kengayib borayotganidan dalolat beradi. Şuningdek, sayyohlar uçun qulaylik yaratiş, şaharning keçki va tungi hayotini jonlantiriş maqsadida tunu kun faoliyat yuritadigan turizm köçalari taşkil etildi. Ularda umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, hunarmandçilik va savdo rastalari, köngiloçar hamda boşqa xizmat körsatiş obʼektlari faoliyati yölga qöyildi.

Tarixiy merosni turizm bilan boğlaş borasida ham keng kölamli işlar amalga oşirildi. Sönggi ön yil davomida 70 dan ortiq madaniy meros obʼektida restavratsiya, taʼmirlaş-tiklaş va infratuzilmani yaxşilaş işlari olib borildi. Şu bilan birga, 268 ta tarixiy va madaniy obʼekt sayyohlik marşrutlariga kiritildi.

Viloyatda har yili sayyohlar oqimini köpaytiriş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va Buxoro turistik brendini tarğib qilişga qaratilgan yirik xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar ötkazilmoqda. Xalqaro turizm yarmarkalari va körgazmalarida viloyat delegatsiyalarining iştiroki ham muntazam tus oldi.

Jumladan, Indoneziya, Malayziya, Birlaşgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Bangladeş, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Fransiya, Italiya, AQŞ va Belarus kabi davlatlarda Buxoro viloyatining turistik imkoniyatlari keng tarğib qilindi. Bu saʼy-harakatlar yangi turistik bozorlarni özlaştiriş, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş va sayyohlar geografiyasini kengaytirişga xizmat qilmoqda.

2026-yilning dastlabki 10 oyida viloyatga 5 million 93 ming nafar içki sayyoh taşrif buyurgani ham içki turizm salohiyati tobora ortib borayotganini körsatadi.

Turizm geografiyasini kengaytiriş — yangi imkoniyatlar omili

Bugungi kunda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri turizm salohiyatini faqat Buxoro şahri va Ğijduvon tumani bilan çeklab qöymasdan, viloyatning boşqa hududlariga ham keng yoyişdir. Çunki har bir tumanning öziga xos tabiiy, tarixiy, etnografik va iqtisodiy imkoniyatlari mavjud. Ana şu imkoniyatlardan samarali foydalaniş orqali sayyohlarning viloyatda böliş muddatini ikki barobargaça oşiriş, ularga yangi turistik yönalişlar va xizmatlarni taklif etiş mumkin. Bu borada Kogon tumanidagi “Siyozpoyon” mahalla fuqarolar yiğini hududida, Tödaköl sohilida amalga oşirilgan loyiha eʼtiborga molik. Jumladan, “BUKHARA BRILLIANT SILK CLUSTER” MÇJ tomonidan “Silk Road Family Resort” plyaj, dam oliş va soğlomlaştiriş maskani taşkil etildi. Majmuada plyaj, basseyn, kiçik “Disneylend”, 50 örinli mehmonxona, dam oliş sörilari, kema şaklidagi restoran, SPA-salon, tabiat qöynidagi bolalar öyingohlari, tibbiyot burçagi, sport maydoni hamda maxsus suv transporti xizmatlari yölga qöyildi. Mazkur loyiha Tödakölning tabiiy salohiyatidan foydalangan holda hududda plyaj va oilaviy dam oliş turizmini rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş hamda içki sayyohlar oqimini oşirişga xizmat qilmoqda.

Yana bir yirik taşabbus Romitan tumanida amalga oşirildi. Bu yerda mahalliy tadbirkor tomonidan 250 milliard söm investitsiya kiritilişi natijasida “Bukhara Desert Oasis & Spa” innovatsion turizm klasteri taşkil etildi. Mazkur majmua yiliga 50 ming nafar sayyohni qabul qiliş imkoniyatiga ega bölib, ularning kamida ikki keça qolib dam olişi uçun şaroit yaratişga yönaltirilgan. Bu loyiha çöl hududlarining turistik salohiyatini röyobga çiqariş, ekologik va soğlomlaştiriş turizmini rivojlantiriş nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir. Şuningdek, Buxoro şahrida tunu kun, yaʼni 24/7 rejimida işlaydigan xizmat körsatiş va turizm köçalarini taşkil etiş orqali sayyohlar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratilmoqda. Uşbu hududlarda ovqatlaniş şoxobçalari, hunarmandlar dökonlari, savdo rastalari va boşqa xizmat körsatiş obʼektlari faoliyati yölga qöyilgan.

Bunday loyihalarning ahamiyati şundaki, ular sayyohlarni faqat tarixiy obidalar bilan tanişişga emas, balki hududda uzoqroq qolib, dam oliş va mahalliy mahsulotlar hamda xizmatlardan foydalanişga undaydi. Bu esa turizmdan keladigan daromadning aholi va tadbirkorlar örtasida kengroq taqsimlanişiga, mahalliy iqtisodiyotning faollaşişiga zamin yaratadi. Demak, Buxoro turizmining kelgusi taraqqiyoti nafaqat tarixiy markazning jozibadorligini oşiriş, balki viloyatning har bir hududida mavjud imkoniyatlarni işga soliş, yangi turistik mahsulotlar yaratiş va sayyohlar uçun köp kunlik sayohat marşrutlarini şakllantiriş bilan ham bevosita boğliqdir.

Jahon eʼtiboridagi Buxoro: xalqaro eʼtirof va media nigohidagi şahar

Buxoroning xalqaro turistik va madaniy maydondagi nufuzi ortib borayotganini dunyoning eng nufuzli ommaviy axborot vositalari va ixtisoslaşgan naşrlari eʼtibori ham yaqqol tasdiqlamoqda.

Hali birinçi Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi ötkazilmasidan avvaloq, jahonning yetakçi naşrlari Buxoroning uşbu yirik madaniy tadbiriga alohida qiziqiş bildirdi.

Jumladan, 2025-yil yanvar oyida AQŞning maşhur “The New York Times” gazetasi Buxoro şahrini “2025-yilda taşrif buyuriş tavsiya etiladigan 52 ta manzil” röyxatiga kiritdi. Naşr şaharning boy tarixiy merosi, Buyuk ipak yölidagi muhim örni, noyob meʼmoriy obidalari bilan bir qatorda, ilk bor ötkaziladigan Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesini ham Buxoroga taşrif buyuriş uçun muhim omillardan biri sifatida körsatdi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli “Financial Times” naşri ham Buxoro biyennalesini 2025-yilda boriş tavsiya etilgan 50 ta sayohat yönalişi va tadbirlar qatoriga kiritdi. Bu esa Buxoroning tarixiy şahar sifatidagi jozibadorligi bilan birga, zamonaviy sanʼat va xalqaro madaniy tadbirlar markazi sifatidagi salohiyatiga ham jahon eʼtibori qaratilganini anglatadi.

Biyennale ötkazilganidan söng ham xalqaro media maydonida Buxoroga bölgan qiziqiş pasaymadi. Aksinça, “The New York Times”, “Financial Times”, “Frieze”, “Freedom Travel” va boşqa nufuzli xalqaro naşrlarda şahrimizning tarixiy merosi, zamonaviy sanʼat muhiti, hunarmandçilik anʼanalari va turistik imkoniyatlariga bağişlangan materiallar muntazam eʼlon qilinmoqda. Ayniqsa, Şvetsiyaning maşhur “Freedom Travel” sayohat jurnalida 2026-yil 13-noyabr kuni Buxoro viloyatining turistik salohiyatiga bağişlangan maqola çop etilgani eʼtiborga molik. Unda şahrimizning öziga xos meʼmoriy qiyofasi, qadimiy bozorlari, hunarmandlar mahallalari va milliy ustaxonalariga alohida eʼtibor qaratilgan.

“Özbekistonning tarixiy durdonalaridan biri — Buxoro şahri özining sokin, qum rangidagi meʼmoriy qiyofasi bilan mehmonlarni hayratga soladi. Devorlari asrlar davomida quyoşda toblangan qadimiy binolar deyarli rangsizdek tuyuladi. Ammo aynan şu sokinlik fonida şahar bozorlari, hunarmandlar mahallalari va ustaxonalarida yaratilgan mahsulotlarning rang-barang jilosi sayyohlarni mutlaqo boşqa olamga olib kiradi”.

Darhaqiqat, Buxoroning jozibasi faqat uning muhtaşam meʼmoriy obidalarida emas. Uning qadimiy köçalari, hunarmandlar ustaxonalari, milliy matolar, zargarlik buyumlari, kulolçilik namunalari, milliy taomlari va asrlar davomida şakllangan hayot tarzi ham sayyohlar uçun betakror taassurot manbaidir.

Bunday xalqaro eʼtiroflar Buxoroning turistik brendini mustahkamlaş, yangi turistik bozorlarni jalb qiliş va şaharning jahon miqyosidagi taniluvçanligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng muhimi, jahon matbuoti eʼtiborida Buxoro faqat ötmişning buyuk yodgorliklari saqlangan şahar sifatida emas, balki boy tarixiy merosi zamonaviy sanʼat, ijodkorlik, hunarmandçilik va zamonaviy turizm bilan uyğunlaşgan tirik madaniy makon sifatida namoyon bölmoqda.

Kelajak strategiyasi: Buxoro — jahon turizmining yirik markazi

Bugungi global turizm bozorida raqobat tobora kuçayib borayotgan bir şaroitda Buxoroning tarixiy va maʼnaviy salohiyatidan samarali foydalaniş, uni zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş oldimizda turgan muhim vazifalardandir.

Buning uçun, eng avvalo, tarixiy markazning asl qiyofasini saqlagan holda turistik infratuzilmani takomillaştiriş, ziyoratgohlarga olib boruvçi yöllar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxşilaş, mehmonxona va ovqatlaniş xizmatlari sifatini oşiriş, malakali gidlar tayyorlaş, raqamli xizmatlarni kengaytiriş zarur.

Ayni paytda hunarmandçilik, milliy taomlar, anʼanaviy sanʼat va mahalliy urf-odatlarni turizm bilan uyğunlaştiriş ham muhim ahamiyatga ega. Zero, Buxoroga kelgan har bir sayyoh nafaqat tarixiy obidalarni tomoşa qilişi, balki xalqimizning mehmondöstligi, milliy taomlari, hunarmandçilik anʼanalari va boy maʼnaviy muhitini ham his etişi lozim.

Bizning maqsadimiz — Buxoroni faqat tarixiy obidalar jamlangan hudud sifatida emas, balki ilm-fan, maʼrifat, hunarmandçilik, ziyorat va zamonaviy turizm uyğunlaşgan xalqaro markaz sifatida rivojlantirişdir. Bu jarayonda davlat idoralari, ilmiy muassasalar, xalqaro taşkilotlar, tadbirkorlar, hunarmandlar va keng jamoatçilikning hamkorligi muhim örin tutadi.

Işonçim komilki, madaniy merosimizni asrab-avaylaş, buyuk ajdodlarimiz ilmiy-maʼnaviy merosini keng tarğib etiş va turizm salohiyatimizni töliq röyobga çiqariş borasidagi izçil saʼy-harakatlarimiz Buxoroning xalqaro nufuzini yanada yuksaltiradi.

Zero, Buxoro — bizning tariximiz, milliy ğururimiz va maʼnaviy tayançimiz. Uni asraş — ötmiş oldidagi qarzimiz, uni dunyoga tanitiş — bugungi vazifamiz, uni yanada taraqqiy ettiriş esa kelajak avlodlar oldidagi masʼuliyatimizdir.

Botir Zaripov,

Buxoro viloyati hokimi

O‘xshash yangiliklar