25.11.2026, Chorshanba+10.8°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+10.8°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Toşkentda kanal böyida zamonaviy sayilgoh barpo etilmoqda

Jamiyat 25.11.2026 13:13 1Uza
Toşkentda kanal böyida zamonaviy sayilgoh barpo etilmoqda

Ayni paytga qadar kanal özanining 500 metrdan ortiq qismida betonlaş işlari amalga oşirildi. Loyihaga muvofiq, kanal böylab umumiy uzunligi 3,4 kilometrni taşkil etuvçi velosiped va piyodalar yölaklari barpo etiladi. Şuningdek, kanalning ikki qirğoğini özaro boğlovçi 3 ta köprik qurilişi hamda aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida kanal qirğoqlari böylab himoya panjaralari örnatilişi közda tutilgan.

Hududning ekologik holatini yaxşilaş hamda sayilgohning tabiiy jozibadorligini oşiriş maqsadida 500 dan ortiq daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Hozirda quriliş va obodonlaştiriş işlariga 100 nafarga yaqin işçi hamda 12 ta maxsus texnika jalb etilgan. Loyihani 2027-yilning may oyida yakunlaş va sayilgohni foydalanişga topşiriş möljallangan.

Toşkent şahrida kanal böylarini kompleks obodonlaştiriş, zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş hamda aholining turmuş sifatini yaxşilaşga qaratilgan işlar izçil davom ettirilmoqda.

Muhayyo Toşqorayeva,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar