Töy örniga saxovat tadbiri

Yangi oila qurayotgan yoşlar töyni özlarining yaqinlari va döstlari bilan ixçam davrada ötkazdi hamda dabdabali marosimlarga sarflanadigan xarajat tejalib, 40 ga yaqin ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Xonadon ahlining uşbu xayrli taşabbusi Sevali mahallasi faollari, Samarqand şahar hokimligi, maʼnaviyat va maʼrifat bölimi tomonidan ham qöllab-quvvatlandi.
– Töy egalari qilayotgan saxovatlarini köpçilikka maʼlum qilmaslikni istagandi, lekin boşqalarga ibrat bölişi uçun mahallada uçraşuv ötkazişga qaror qildik, – deydi Samarqand şahar maʼnaviyat va maʼrifat bölimi rahbari Nigora Saʼdinova. – Çunki bugungi kunda orzu-havas bahonasida töylarda kuzatilayotgan dabdaba va marosimlar eng oğriqli nuqtamiz hisoblanadi. Eʼtiborlisi, Şodiyevlar oilasining bu ezgu taşabbusi aynan turmuş qurayotgan kuyov va kelin tomonidan bildirilgan. Ota-onalar esa ularni qöllab-quvvatlagan. Aynan şu jihatni ota-onalar va yoşlarga ibrat sifatida körsatib, töylarni ezgu tadbirga aylantirişga daʼvat etdik.
Ğ.Hasanov, ÖzA muxbiri



