23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Toşkentda sinalayotgan nurli «zebra» elektr uzilsa yoki qor yoğsa qanday işlaydi?

Jamiyat 23.11.2026 18:40 0Uza
Toşkentda sinalayotgan nurli «zebra» elektr uzilsa yoki qor yoğsa qanday işlaydi?

Qiziq, elektr energiyasi öçganda yoki proyektor işdan çiqqanda piyodalar yölakçasi qanday faoliyat yuritadi? Şu bilan birga, jamoatçilikni kunduzgi quyoş nurida proyeksiyaning körinişi, yoruğlik haydovçilar közini qamaştiriş-qamaştirmasligi hamda yoğingarçilik paytida köriş darajasiga taʼsir qilişi kabi jihatlar qiziqtirmoqda.

Yuzaga kelayotgan uşbu savollar böyiça Toşkent şahrida yöl harakatini taşkil etiş markazi axborot xizmati boşliği Ubaydulla Muhamedov batafsil maʼlumot berdi.

Uning taʼkidlaşiça, mazkur proyeksion uskuna faqat yordamçi vosita hisoblanadi va keçki payt yöl yotiq belgilarining körinişini kuçaytirişga xizmat qiladi. Asfalt yuzasidagi odatiy yöl yotiq belgilari bekor qilinmaydi. Ular davlat standartida belgilangan muddatlarda muntazam ravişda çizib boriladi. Şunga köra, yöl yotiq çiziqlarini bir yilda 4-martagaça yangilaş talabi saqlanib qoladi va proyeksion qurilmaning örnatilişi bu jarayon davriyligini kamaytirmaydi.

Şuningdek, kunduzi va tunda işlaş tartibi tuşuntirildi. Unga köra, quyoş nurida proyeksiya körinmagani sababli uskuna kunduz kunlari öçiq holatda turadi. Qoronği tuşişi bilan işga tuşadigan qurilma nuri yöl yotiq çiziqlariga aynan haydovçi harakatlanayotgan tomondan yönaltiriladi. Bu esa, öz navbatida, haydovçilarning közini qamaştirmaslik imkonini beradi. Yöl çetida turgan piyodalarning haydovçilarga körinişi esa köça çiroqlari yoruği hisobiga taʼminlanişi közda tutilgan.

– Qurilmaning texnik körsatmalarida qor va yomğirli ob-havoda öz xususiyatini yöqotmasligi qayd etilgan bölsa-da, bu jihatlar amalda sinab köriladi, – deydi Ubaydulla Muhamedov. – Sinov muddati 30 kun (yoki qor yoqquniga qadar) etib belgilangan. Mazkur pilot loyiha davomida texnologiyani poytaxtning boşqa köçalariga ham joriy etiş masalasini hal qiliş uçun esa quyidagi asosiy mezonlar örganiladi: uskunaning yomğir va qorda öz xususiyatini yöqotmasligi, ob-havo injiqliklariga çidamliligi, avtomobillar tomonidan piyodalarga yöl beriş körsatkiçining oşganligi, piyodalar yölakçasiga yaqinlaşayotgan transport vositalari tezligining pasayişi hamda haydovçilar va mahalliy piyodalarning mazkur yangilik borasidagi fikr-mulohazalari.

Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlanib, texnologiya öz samaradorligini isbotlasa, nurli «zebra»larni Toşkent şahrining boşqa hududlarida ham bosqiçma-bosqiç örnatiş rejalaştirilgan.

Mohiçehra Eşmirzayeva, ÖzA

O‘xshash yangiliklar