26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

Tramp: Uruşni tugatiş uçun heç qanday muddat belgilanmagan (+video)

Jahon 26.11.2026 17:17 0Uza
Tramp: Uruşni tugatiş uçun heç qanday muddat belgilanmagan (+video)

Prezident 24-noyabr kuni “New York Post” gazetasi jurnalistining Zelenskiy bayonoti haqidagi savoliga javob berar ekan, baland ovozda kulgan.

– Heç qanday muddat belgilanmagan, faqat bu uruş tugaşini xohlaymiz, xolos, – degan Tramp Oq uyda. – Bilasizmi, bu bevosita bizning muammomiz ham emas. Mojaro bugun tugaşini istardik, lekin buning uçun har ikki tomon harakat qilişi kerak.

Zelenskiy 23-noyabr kuni “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida Trampning maxsus vakillari Jared Kuşner va Stiv Uitkoff tinçlik kelişuvini imkon qadar tezroq, yaxşisi yanvar oyi boşigaça imzolaşni taklif qilayotganini aytgan.

Uning taʼkidlaşiça, AQŞ Ukrainadan jiddiy yon berişini sörayapti. Qolaversa, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin uruşni tugatişga tayyorligini körsatuvçi heç qanday belgi namoyon etmayapti.

Zelenskiy şu intervyuda yana bir masalaga töxtaldi. Yaʼni, agar Tramp yil oxirigaça Putinni Ukraina uçun maqbul şart asosida jangni töxtatişga köndira olmasa, Kiyev yanvar oyida AQŞ Kongressining yangi tarkibiga murojaat qiladi.

Kenja Bekjonov, Uluğbek Töxtayev (video), ÖzA

O‘xshash yangiliklar