Transport vazirligi Ohangaronda "Yaşil makon" doirasida köçat ekdi

Yurt obodligi yölida barçamiz birdek masʼulmiz. Ana şunday masʼuliyatni çuqurroq his etiş uçun esa munosib taşabbuskorlardan yetarli ibrat oliş eng töğri yöl sanaladi.
Şuning uçun ham yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qiliş, yaşil hududlarni kengaytiriş va kelajak avlodlar uçun soğlom ekologik muhit yaratişga qaratilgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi işlab çiqilgan. Mazkur loyiha közda tutgan tadbirlar esa izçil davom ettirilmoqda.
Ana şunday ezgu taşabbuslarning amaliy ifodasi hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-sonli farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida Toşkent viloyati Ohangaron tumanida joylaşgan “Transportçilar boği” hududida Transport vazirligi, uning tizim va sohaviy taşkilotlari xodimlari iştirokida kuzgi köçat ekiş va obodonlaştiriş tadbirlari taşkil etildi.

Mazkur ezgu taşabbus doirasida boğ hududida manzarali va mevali daraxt köçatlari ekilib, mavjud yaşil maydonlarni parvarişlaş, köçatlarning soğlom ösib-ulğayişi uçun qulay şaroitlar yaratiş, suğoriş hamda hududni obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Taʼkidlanişiça, joriy yil kuz mavsumida hududiy bölinmalar va tizim taşkilotlari tomonidan joylarda 72 ming tup manzarali, mevali daraxt va buta köçatlari hamda qalamçalarini ekiş belgilangan.
Xususan, Ohangaron tumanida olib borilayotgan uşbu kökalamzorlaştiriş işlari ham hududning ekologik holatini yaxşilaş, yaşil maydonlarni kengaytiriş va aholi uçun yanada musaffo, obod hamda fayzli muhit yaratişga xizmat qiladi.
Şerbek Islomov,
ÖzA



