29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

TURKSOY tadbirlari Andijonda yuqori saviyada ötdi

Madaniyat 28.11.2026 21:28 1Uza
TURKSOY tadbirlari Andijonda yuqori saviyada ötdi
Andijon şahrida TURKSOY xalqaro taşkiloti rahbarlari, taşkilotga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlari iştirokida TURKSOY Doimiy kengaşining 43- yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda TURKSOY taşkiloti faoliyatini takomillaştiriş, qardoş xalqlar örtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş, umumiy tarixiy merosni xalqaro miqyosda keng tarğib etiş bilan boğliq qator masalalar körib çiqildi.

Yiğilişni olib borgan Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov turkiy xalqlar örtasidagi döstlik, madaniy, adabiy aloqalarni mustahkamlaş borasida samarali faoliyat olib borayotgan TURKSOY taşkilotining xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga ortib borayotganligi, TURKSOY tadbirlari orqali turkiy xalqlarning tarixiy, milliy qadriyat va anʼanalari keng tarğib etilayotganligini alohida taʼkidladi.

TURKSOY boş kotibi Sulton Rayev öz sözida TURKSOY faoliyatining asosiy yönalişlari, taşkilot tomonidan joriy yilda amalga oşirilgan işlar haqida töxtaldi. Xususan, “Andijon – Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” maqomi doirasida ötkazilgan tadbirlarga yuqori baho berdi. TURKSOY tadbirlari Andijonda yuqori saviyada ötganligini alohida eʼtirof etdi.

Darhaqiqat, joriy yil davomida Andijonda juda köp tadbirlar ötkazildi. Jumladan, TURKSOY Yozuvçilar uyuşmasining yiğilişi hamda «2026-yil – Ziyo Kökalp yili»ga bağişlangan xalqaro ijodiy uçraşuv, turkiy tilli davlatlar muzeylari, teatrlari haftaligi, rassomlar anjumani, “Andijon polkasi”ning yigirma ming nafar kişi iştirokida ijro etilişi singari köplab tadbirlar nafaqat mamlakatimiz, balki barça turkiy xalqlar madaniy hayotidagi muhim voqealar qatoridan örin oldi.

Şuningdek, yiğilişda söz olgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Karimli, Turkmaniston madaniyat vaziri Gurbanmurad Muradaliyev, Qozoğiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Yoşlar va oila işlari qömitasi raisi Kayrat Kambarov, Qirğiziston Respublikasi madaniyat, axborot va yoşlar siyosati vaziri örinbosari Askarali Madaminov, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri örinbosari Sedar Çam TURKSOY taşkilotining turkiy xalqlar madaniy aloqalarini mustahkamlaşdagi örni, roli, özaro hamkorlik masalalari xususida söz yuritdi. Mazkur yönalişdagi işlar kölamini kengaytiriş, hamkorlikni yanada mustahkamlaş yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Qirğiziston Respublikasi delegatsiyasi tomonidan 2028-yilda Talas şahrini “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” hamda uluğ adib Çingiz Aytmatov tavalludining yuz yilligi munosabati bilan “Çingiz Aytmatov yili” deb eʼlon qiliş haqidagi takliflar ilgari surildi.

TURKSOY Doimiy kengaşi qarori bilan Turkiyaning Kayseri şahri 2027-yilda Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti, deb eʼlon qilindi.

Şu munosabat bilan yiğilişda Kayseri şahri hokimi Memdu Buyuk Qiliçning maʼruzasi tinglandi, şuningdek, Kayseri şahrining taqdimoti namoyiş etildi.

Yiğilişda Özbekiston tomonining taşabbusi bilan atoqli şoir, yozuvçi va tarjimon Abdulhamid Çölpon tavalludining 130 yilligi munosabati bilan “2027-yil – turkiy dunyoda Çölpon yili» deb eʼlon qilindi.

Kelgusi yil turkiy tilli davlatlarda «Çölpon yili» deb eʼlon qilinişi özbek adabiyotini jahon miqyosida yanada keng tarğib etiş hamda uluğ maʼrifatparvar Abdulhamid Çölpon ijodiy merosini çuqur örganiş borasida şubhasiz, yangi sahifa oçadi.

Yiğiliş yakunlari böyiça turkiy dunyo madaniy hayoti bilan boğliq qator muhim qarorlar qabul qilindi. TURKSOYning 2027-yilga möljallangan faoliyat dasturi tasdiqlandi.

Yiğiliş yakunida 2027-yilda Turkiy dunyo madaniyat poytaxti maqomini olgan Kayseri şahri vakiliga maxsus statuetka, şuningdek, joriy yilda “Andijon – Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” doirasidagi tadbirlarni ötkazişdagi faolligi, taşabbuskorligi hamda TURKSOY taşkiloti bilan samarali hamkorligi uçun bir guruh mutasaddilar, ijodkorlar TURKSOY medali va nişonlari bilan taqdirlandi.

Şu kunning özida Andijon şahridagi universal sport majmuasida «Andijon – 2026-yil Turkiy dunyo madaniyat poytaxti» tadbirlarining tantanali yopiliş marosimi, sanʼat, madaniyat namoyondalari iştirokidagi konsert dasturi bölib ötdi.

Faxriddin Ubaydullayev,

Zuhriddin Umrzoqov (surat),

ÖzA muxbirlari

O‘xshash yangiliklar