23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Xorazmda “Ishonch” kunlari

Jamiyat 23.11.2026 11:22 0Uza
Xorazmda “Ishonch” kunlari

Ijodiy muloqotda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengaşi raisi örinbosari Kamoljon Bekjonov, “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari boş muharriri örinbosari Jahongir Nahanov, tahririyat bölim muharriri Alijon Abdurahmonov, taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi respublika kengaşining viloyat böyiça masʼul taşkilotçisi Muyassar Rahimova va boşqalar sözga çiqdi.

Ular gazetalar kasaba uyuşmalari faoliyatini yoritiş bilan birga, jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni keng jamoatçilikka yetkazişda ham muhim örin tutayotganini taʼkidladi.

Muloqot davomida tahririyatning bugungi faoliyati, gazetalarning mazmun-mundarijasini boyitiş, materiallarning öqişliligi va taʼsirçanligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida atrofliça maʼlumot berildi.

Şuningdek, tahririyatdagi konvergenlaşuv jarayonlari, bosma naşrlar bilan bir qatorda raqamli platformalar imkoniyatlaridan samarali foydalaniş borasidagi tajribalar eʼtirof qilindi.

– Bugun axborotga bölgan ehtiyoj nihoyatda katta, – dedi federatsiyaning Xorazm viloyati kengaşi raisi örinbosari Kamoljon Bekjonov. – Axborot tarqatiş vositalari ham kundan kunga köpayib bormoqda. Bu jarayonda işonçli axborot bilan taʼminlaş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari va uning elektron naşri bugun mamlakatimizdagi eng işonçli axborot tarqatuvçilardan biri sifatida öz örniga ega. Xorazmlik muxlislar gazetaning har bir sonini qiziqiş bilan mutolaa qilib borişlarini şu örinda alohida taʼkidlamoqçiman.

Uçraşuv davomida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi muassisligidagi uşbu naşrda mehnatga doir munosabatlar bilan birga maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham keng tanqidiy tahlil qilinayotgani ham taʼkidlandi.

– 1991-yil 21-martdan çop qilina boşlagan “Ishonch” bugungi kunda konvergen tahririyatga aylangan, – deydi tahririyat bölim muharriri Alijon Abdurahmonov. – Bugun “Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” jamoasi yangi-yangi ğoyalar ustida izlanmoqda. Asosiy maqsadi milliy kontent yaratiş va uni rivojlantirişdir. Tahririyat axborot yetkazişning turli usullarini qöllaş orqali öz öquvçilari sonini köpaytirişga intilmoqda. 120 mingdan ziyod doimiy kuzatuvçilariga ega «Ishonch.uz» telegram kanali,100 mingdan ziyod doimiy kuzatuvçilariga ega instagram va feysbukdagi sahifalar va 70 minglik auditoriyaga ega «YouTube»dagi sahifasi ham jamoatçilik eʼtiborini qozonmoqda. Mana töqqiz yildirki, gazeta sahifalarida çop qilingan eng sara maqolalar kitob holida çop qilinib kelinmoqda. Bu yil ham "Töqqizinçi sayyora" kitobi keng jamoatçilik tomonidan iliq kutib olindi. “Ishonch” gazetasi taşkil qilinganining 35 yilligi keng nişonlandi.

Tadbirda kasaba uyuşma faollari, jamoatçilik vakillarining sevimli naşr haqida aytar sözlari, takliflari köp böldi. Gazeta va uning elektron naşrlarini yanada boyitiş böyiça öz takliflarini ilgari surdilar.

Şuningdek, tadbirda gazeta faoliyatiga bağişlangan viktorina ham taşkil qilindi. Iştirokçilar naşr tarixi va faoliyatiga oid sinovda faol iştirok etdilar. Ğoliblar tahririyat tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.

Ahmadjon Şokirov,

ÖzA muxbiri

O‘xshash yangiliklar