23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Xorazmda “Kelajak tadbirkori – 2026” körgazmasi ötkazildi

Jamiyat 23.11.2026 17:46 0Uza
Xorazmda “Kelajak tadbirkori – 2026” körgazmasi ötkazildi

Körgazmada 11 mingga yaqin talaba-yoşlar, işsiz fuqarolar iştirok etdi. Ularga 105 ta iş beruvçi va tadbirkorlar tomonidan 1 ming 364 ta vakant iş örinlari taklif etildi.

Kasb körgazmasi yoşlarga munosib iş örinlarini topiş, iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş, kasbiy könikmalarini rivojlantiriş hamda öz biznesini boşlaş böyiça zarur bilim va amaliy maslahatlar oliş imkoniyatini berdi.

Körgazmada viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari ham iştirok etib, ilmiy-innovatsion loyihalar, talabalar tomonidan yaratilgan işlanmalar, istiqbolli ğoyalar hamda yoşlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etdi.

Körgazma doirasida universitet talabalari “Kelajakka qadam” dasturi orqali yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, ularning biznes ğoyalarini amalga oşiriş va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit vauçerlari bilan taqdirlandi.

Körgazma doirasida 827 nafar talaba va işsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Ikki yuz oltmişdan ortiq işsiz yoşlar esa kasbga yönaltirildi.

[gallery-32672]

Mazkur tadbir yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oşirişga xizmat qiladi.

Ahmadjon Şokirov,

Behzod Saidov(surat),

ÖzA muxbirlari

O‘xshash yangiliklar