23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Özbekiston 2027-yildan Xalqaro elektrotexnika komissiyasining tölaqonli aʼzosiga aylanadi

Jamiyat 23.11.2026 11:00 0Uza
Özbekiston 2027-yildan Xalqaro elektrotexnika komissiyasining tölaqonli aʼzosiga aylanadi

Tadbir raqamli transformatsiya, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş, elektrotexnika mahsulotlari xavfsizligini taʼminlaş hamda milliy standartlaştiriş organlarining xalqaro jarayonlardagi iştirokini kengaytiriş kabi muhim yönalişlardagi masalalar muhokama qilindi.

Yiğiliş doirasida Özbekiston uçun ham ahamiyatli qaror qabul qilindi. Unga muvofiq, mamlakatimiz 2027-yil 1-yanvardan boşlab Xalqaro elektrotexnika komissiyasining tölaqonli aʼzosi maqomiga ega böladi.

Maʼlumot uçun, Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC — International Electrotechnical Commission) energetika, elektrotexnika va elektronika sohalarida xalqaro standartlarni işlab çiqiş hamda joriy etiş bilan şuğullanuvçi nufuzli taşkilotlardan biri hisoblanadi.

Özbekiston tarixida ilk bor Standartlar instituti mutaxassislari “IEC Young Professionals Programme” dasturida iştirok etdi. Bu dasturda qatnaşiş Özbekiston milliy mutaxassislariga xalqaro standartlaştiriş jarayonlarida faol iştirok etiş, ilğor xorijiy tajribani örganiş, zamonaviy bilim va kasbiy könikmalarini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Şuningdek, IEC bilan hamkorlikni kengaytiriş mahalliy elektrotexnika mahsulotlarining sifati va raqobatbardoşligini oşiriş, eksport geografiyasini kengaytiriş hamda milliy sifat infratuzilmasini xalqaro talablar asosida takomillaştirişga xizmat qiladi.

Uşbu yunalişdagi olib borilayotgan işlar samarasi şundaki, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş yölidagi saʼy-harakatlari uçun ham muhim ahamiyatga ega. Zero, texnik reglamentlar va standartlarni xalqaro meʼyorlarga uyğunlaştiriş savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş, milliy mahsulotlarning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mamlakatning xalqaro savdo tizimidagi örnini mustahkamlaşga zamin yaratadi.

Hamroz Bayonov,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar