Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Vaşington şahridagi AQŞ Kongressida Özbekiston elçixonasi respublika bilan hamkorlik böyiça parlament kokusi a’zolari bilan birgalikda taşkil etgan «Özbekiston kuni» tadbiri bölib ötdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi, amerikalik senatorlar va kongressmenlar, Respublikaçilar va Demokratik partiyalar vakillari, işbilarmon doiralar, diplomatik va ekspertlar hamjamiyati vakillari, şuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Sodiq Safoyev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tadbir iştirokçilariga yöllagan murojaatini öqib eşittirdi. Unda davlat rahbari mamlakatdagi keng kölamli islohotlar ortga qaytmas tus olganini, AQŞ bilan strategik şeriklikni rivojlantiriş Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolayotganini ta’kidladi.
Murojaatda, şuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni yana-da rivojlantirişda oliy darajadagi muntazam muloqotning ahamiyati qayd etildi.
Özbekiston bilan hamkorlik böyiça kokus hamraisi, kongressmen Trent Kelli Şavkat Mirziyoyevga murojaati uçun minnatdorlik bildirdi.
Markaziy Osiyo böyiça kokus hamraisi, senator Stiv Deyns Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar va islohotlarni e’tirof etdi.
Tadbir hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qiliş uçun muloqot maydoni böldi. Unda amerikalik qonun çiqaruvçilar, biznes vakillari va ekspertlarning Özbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirişga bölgan qiziqişi ham namoyon böldi.




