Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev çorvaçilikda ozuqa bazasini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Mamlakatimizda aholi soni va daromadlari oşib borişi, turizm sohasining jadal rivojlanişi natijasida göşt va sut mahsulotlariga talab yil sayin ortib bormoqda. Bunday şaroitda içki bozorni yetarli hajmdagi mahsulot bilan ta’minlaş, işlab çiqariş tannarxini pasaytiriş va narxlar barqarorligini saqlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ozuqa xarajatlari göşt yetiştiriş tannarxining 30 foizini taşkil qilmoqda. Respublikamizda 12,5 million boş qoramol, 23 million boş qöy-eçki va 125 million boş parranda boqilayotgan bölib, yiliga 48 million tonna ozuqa yetiştirilmoqda. Bu mavjud ehtiyojni töliq qoplamayapti. Xususan, bir boş qoramol uçun yiliga 6,5 tonna ozuqa talab etilsa, amalda bu körsatkiç 4 tonnadan oşmayapti.
Şu bilan birga, çorvaçilik uçun ajratilgan qariyb 480 ming gektar yer maydonining kamida 20 foizidan samarasiz foydalanilmoqda. Ozuqabop ekinlar hosildorligi, aholi xonadonlariga sifatli ozuqa yetkazib beriş tizimi va naslçilik işlari ham bugungi talablarga töliq javob bermaydi.
Şu munosabat bilan taqdimotda ozuqa yetiştiriş hajmini 2027-yilda 64,5 million tonnaga, 2030-yilga borib esa 90 million tonnaga yetkaziş böyiça kompleks çora-tadbirlar taklif etildi.
Avvalo, hududlar kesimida ozuqa balansi şakllantirilib, ozuqabop ekin maydonlari va ekin turlarining hisobini yuritiş töliq raqamlaştiriladi. Çorvaçilik uçun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanilişi kosmik monitoring orqali nazorat qilinadi.
Mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalaniş, takroriy ekin ekişni kengaytiriş, serhosil navlar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş hisobiga ozuqabop ekinlar hosildorligini gektariga 350 sentnerdan 500 sentnerga oşiriş közda tutilgan.
Şuningdek, 2030-yilgaça 200 ming gektar yerni qayta foydalanişga kiritiş va uşbu maydonlarda ozuqabop ekinlar yetiştiriş rejalaştirilgan. Kelgusi yilda bu boradagi işlar 50 ming gektar maydonda amalga oşiriladi.
Yaylovlarning mahsuldorligini oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Qaşqadaryo viloyatining sakkizta tumanida xorijiy tajriba asosida qurğoqçilik va şörlanişga çidamli ozuqabop ekinlarni yetiştiriş yölga qöyiladi. 2030-yilga qadar respublika böyiça 1 million gektar yaylovda dronlar yordamida uruğ sepiş rejalaştirilgan.
Ozuqa yetiştirişdan tortib, uni qayta işlaş, saqlaş, zaxiralaş va iste’molçilarga yetkazib berişgaça bölgan yaxlit tizimni yaratiş taklif etildi.
Buning uçun hududlarda 100 dan ortiq ozuqa markazlari va şoxobçalari taşkil etiladi. Markazlar tomonidan ozuqani yirik hajmda xarid qiliş, qayta işlaş, yetarli zaxiralarni şakllantiriş va bozorga uzluksiz yetkazib beriş yölga qöyiladi.
Mazkur tizim, ayniqsa, mamlakatimizdagi qoramollarning 87 foizi boqilayotgan aholi xonadonlarini sifatli va maqbul narxdagi ozuqa bilan ta’minlaşda muhim örin tutadi.
Taqdimotda çorvaçilik bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning yangi mexanizmlari ham körib çiqildi.
Jumladan, 500 gektardan ortiq yerni ozuqabop ekinlar yetiştiriş uçun özlaştirib, zamonaviy suğoriş tizimini joriy etgan tadbirkorlarga mahalliy budjet mablağlari hisobidan 100 ming kub metrgaça suv siğimiga ega havzalar qurib beriş taklif qilindi.
“Pivot” suğoriş texnologiyasini joriy etiş uçun ajratiladigan subsidiya miqdorini har bir gektarga 2,5 million sömdan 4 million sömgaça oşiriş, kamida 10 gektar maydonni suğorişda qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişda uskunalar xaridi xarajatlarining 50 foizigaça qismini qoplab beriş nazarda tutilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qaşqadaryo va Xorazm viloyatlarida yaylovlarni özlaştirgan tadbirkorlarga uşbu maydonlarning bir qismida çorvaçilik komplekslarini quriş imkoniyatini yaratiş taklifi örtaga taşlandi.
Qolaversa, ozuqa markazlarini taşkil etiş va ozuqabop ekinlar yetiştiriş uçun imtiyozli kreditlar ajratiş, zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qilişda qöşimça yengilliklar beriş, xorijiy mutaxassislarni jalb etiş va mahalliy kadrlar malakasini oşiriş xarajatlarining bir qismini qoplaş közda tutilgan.
2027-yildan Qaşqadaryo viloyatida sinov tariqasida aholi xonadonlarida boqilayotgan çorva uçun ozuqa xarid qiliş xarajatlarining 10 foizini subsidiyalaş tizimini joriy etiş taklifi bildirildi.
Sohada ilm-fan yutuqlarini keng qöllaş va uruğçilikni rivojlantiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi. Bugungi kunda ozuqabop ekinlar uruğiga bölgan ehtiyojning 95 foizi import hisobidan qoplanmoqda.
Qaşqadaryoda Misr olimlari bilan ilmiy-tadqiqot va uruğçilik markazlarini taşkil etiş, mahalliy iqlim şaroitiga mos, serhosil, qurğoqçilik va şörlanişga çidamli navlarni yaratiş hamda uruğ importini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş rejalari taqdimot qilindi.
Çorva naslini yaxşilaş orqali göşt va sut yetiştiriş hajmini köpaytirişning qöşimça imkoniyatlari körsatib ötildi.
Xususan, sun’iy uruğlantiriş va yuqori genetik qiymatga ega embrionlarni köçirib ötkaziş texnologiyalarini keng qöllaş, hududlarda naslçilik xizmatlarini rivojlantiriş, yirik xöjaliklar bilan aholi xonadonlari örtasida kooperatsiyani yölga qöyiş böyiça takliflar bildirildi.
Taqdimotda nazarda tutilgan çora-tadbirlar hisobiga çorva mahsuldorligini sezilarli darajada oşiriş, qoramollarni söyişga topşirişdagi tirik vaznini 250-350 kilogrammdan 450-550 kilogrammga yetkaziş hamda qöşimça 400 ming tonna göşt yetiştiriş imkoniyati yaratilişi qayd etildi.
Prezidentimiz çorvaçilik tarmoğida barqaror ösişni ta’minlaş uçun, avvalo, mustahkam ozuqa bazasini yaratiş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga tayangan holda işlab çiqariş samaradorligini oşiriş zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga bildirilgan takliflarni puxta işlab çiqiş, ularni moliyalaştirişning aniq mexanizmlarini belgilaş, hududlar kesimida manzilli loyihalarni şakllantiriş hamda içki bozorda göşt va sut mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.




