Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston parlamenti vakillari va malayziyalik olimlar islom moliyasini rivojlantiriş istiqbollari hamda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Islomiy moliyalaştiriş asoslari va tajribasi» mavzusidagi ilmiy-amaliy davra suhbati Kuala-Lumpur şahrida bölib ötdi. Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatidan iborat işçi guruh a’zolari, universitet rahbariyati hamda yetakçi ilmiy xodimlar iştirok etdi.
Iştirokçilar Özbekiston va Malayziya örtasida köp qirrali hamkorlik rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ikki mamlakat rahbarlari örtasidagi muloqot, oliy darajadagi taşriflar va ular davomida erişilgan kelişuvlar keyingi hamkorlik uçun asos bölayotgani qayd etildi.
Davra suhbati davomida Malayziya tomoni mamlakatda islom moliyasini rivojlantiriş tajribasi, amaldagi amaliyot va kelgusi rejalar haqida ma’lumot berdi. Islomiy moliyalaştirişning ilmiy asoslarini işlab çiqiş va uşbu soha uçun mutaxassislar tayyorlaşda INCEIF universitetining örni alohida ta’kidlandi.
Delegatsiya rahbari, Qonunçilik palatasi qömitasi raisi Şarofiddin Nazarov Özbekistonda kapital bozorini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar va erişilgan natijalar haqida söz yuritdi.
U moliyaviy xizmatlarni diversifikatsiya qiliş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, aholi va tadbirkorlar uçun mavjud moliyaviy yeçimlar kölamini kengaytirişda islomiy moliyalaştiriş vositalarini joriy etiş istiqbolli ekanini ta’kidladi.
Şuningdek, iştirokçilar Özbekistonda islom moliyasini rivojlantiriş uçun mustahkam huquqiy asos yaratişga qaratilgan qonunçilik rejalarini muhokama qildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar islomiy moliyalaştiriş va qonun ijodkorligi sohalaridagi hamkorlikni davom ettiriş masalalarini körib çiqdi.




