23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Elektr energiyasi uçun yangi meʼyor qöllaniladigan xonadonlar röyxati 25-noyabrgaça şakllantiriladi

Jamiyat 21.11.2026 19:58 0Xabar
Elektr energiyasi uçun yangi meʼyor qöllaniladigan xonadonlar röyxati 25-noyabrgaça şakllantiriladi

Gazlaştirilmagan hududlarda elektr energiyasining 350 kVt/soatlik bazaviy meʼyori qöllaniladigan xonadonlar röyxatini tasdiqlaş va billing tizimiga kiritiş işlari 25-noyabrgaça yakunlanadi.

Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, ayni paytda “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan şakllantirilgan hududlar röyxati mahalliy hokimliklar tomonidan örganilib, tasdiqlanmoqda. Tasdiqlangan maʼlumotlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimiga kiritilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, isitiş mavsumida tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan yoki gaz yetkazib beriş imkoniyati çeklangan hududlardagi xonadonlar uçun elektr energiyasining oylik bazaviy meʼyori 200 kVt/soatdan 350 kVt/soatga oşirilgan.

Yangi tartibga köra, röyxatga kiritilgan xonadonlar oyiga 350 kVt/soatgaça elektr energiyasi uçun har bir kVt/soatga 650 sömdan tölov qiladi.

Muhimi, yangi meʼyordan foydalaniş uçun fuqarolardan ariza yoki qöşimça hujjat talab etilmaydi. U tasdiqlangan röyxat asosida avtomatik qöllaniladi.

Yangi tartib 1-noyabrdan amal qilayotgani sababli, tegişli xonadonlarning noyabr oyidagi elektr energiyasi tölovlari ham 350 kVt/soatlik bazaviy meʼyor asosida hisoblanadi.

Masalan, oyiga 300 kVt/soat elektr energiyasi isteʼmol qilgan xonadon avvalgi tartibda 220 ming söm tölagan bölsa, yangi meʼyor asosida 195 ming söm tölaydi, yaʼni 25 ming söm tejaydi.

O‘xshash yangiliklar