Issiqxonalar uçun ekologik ekspertiza tölovi 2,86 mln sömni taşkil etadi
Issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun 38 million söm emas, 2 million 860 ming söm tölov belgilangan. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Markaz maʼlumotiga köra, ijtimoiy tarmoqlarda issiqxona xöjaliklari uçun ekologik ekspertiza tölovi 9 million sömdan 38 million sömgaça oşirilgani haqida video tarqalgan. Uşbu video tadbirkorlar bilan oçiq muloqotdan kesib olingan bölib, unda markaz mutaxassisi Ahror Yöldoşevning tuşuntirişlari notöğri talqin qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qaroriga muvofiq, atrof-muhitga taʼsir körsatişning III toifasiga kiruvçi, tabiiy gaz, kömir va boşqa turdagi yoqilğida işlaydigan isitiş tizimlariga ega issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun BHMning 6,5 baravari miqdorida tölov belgilangan. Bu hozirda 2 million 860 ming sömni taşkil etadi.
Markazning taʼkidlaşiça, videoda issiqxona qozonlariga sertifikat beriş va buning uçun tölanadigan mablağlar ham ekologik ekspertiza tarkibiga kiritilgani haqida notöğri fikr bildirilgan.
Aslida issiqxona qozonlariga sertifikat beriş, laboratoriya tadqiqotlari, instrumental ölçovlar hamda atrof-muhitga taʼsirni baholaş böyiça loyihalarni işlab çiqiş xizmatlari Davlat ekologik ekspertizasi markazi vakolatiga kirmaydi.



