Namangandagi tender savdolarida 3 mingga yaqin qoidabuzarliklar aniqlandi

Namangan viloyatida 2024–2026-yillar davomida ötkazilgan tender savdolarida raqobat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilişiga oid 2 748 ta holat aniqlangan.
Raqobat qömitasining viloyat hududiy boşqarmasi tanlov savdolarining qonunçilik talablariga muvofiqligini örganmoqda.
Qayd etilişiça, joriy yilning ötgan davrida boşlanğiç narxi 433,2 milliard söm bölgan 909 ta tanlov savdosida raqobat qonunçiligi talablari buzilgan.
Örganişlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat töğrisida»gi Qonun talablari buzilişi alomatlari, jumladan, savdolarni ötkazişning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buziş, bitta yoki bir neçta iştirokçiga imtiyozli şart-şaroitlar yaratiş, affillanganlik va iştirokçilar takliflarini notöğri baholaş holatlari aniqlangan.
Şuningdek, sönggi uç yilda ötkazilgan örganişlar natijasida 84 nafardan ortiq mansabdor şaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, tegişli tartibda sud organlariga yuborilgan.



