Ommaviy axborot vositalarini töliq yangi alifboga ötkaziş taklif etilyapti

Özbekistonda ommaviy axborot vositalari materiallari, matbaa va noşirlik mahsulotlarini faqat takomillaştirilgan özbek alifbosida tayyorlaş va çop etiş tartibini joriy qiliş közda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasiga köra, mazkur tartib alifboga özgariş kiritiş töğrisidagi qonun kuçga kirgan sanadan boşlab amal qiladi.
Şuningdek, davlat organlari, xöjalik birlaşmalari va boşqa yuridik şaxslarning hujjatlari, rasmiy yozişmalari hamda axborotlari takomillaştirilgan alifboda rasmiylaştiriladi.
Boşqa tillardagi matnlar, xorijiy şaxslar va taşkilotlarning nomlari, tovar belgilari, firma nomlari, tarixiy hujjatlardan keltirilgan parçalar hamda arxiv materiallarini asl şaklida berişga ruxsat etiladi.
Eslatib ötamiz, takomillaştirilgan özbek alifbosi 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bölib, unda O‘, G‘, Sh va Ch harflari Ö, Ğ, Ş va Ç şakliga özgartirilgan.



