“Chini Bozor”dagi chegirmalar tartibsizlikka sabab bo‘ldi: xaridorlar rastalarga yopirildi!

«Chini Bozor»da e’lon qilingan chegirmalar ko‘plab xaridorlarni o‘ziga jalb qildi. Arzon narxlarda mahsulot xarid qilishni istagan odamlar bozorga oqib kelishi ortidan hududda katta tiqilinch yuzaga keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda xaridorlarning rastalar tomon shoshilayotgani, odamlar gavjumligi sababli odatiy savdo jarayoni izdan chiqqanini ko‘rish mumkin.
Chegirmalardan foydalanishga oshiqayotgan xaridorlar oqimi shu qadar ko‘payganki, xotirjam xarid qilish imkoniyati deyarli qolmagan. Natijada bozorda tartibsiz vaziyat yuzaga kelgan.
Arzon narxlarda xarid qilish istagi ko‘pchilikni bir joyga jamladi, biroq chegirmalar ortidan yuzaga kelgan gavjumlik xaridorlar uchun noqulaylik tug‘dirdi.



