23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Namanganda aholiga ajratilgan gazni yashirincha sotganlar aniqlandi

Jamiyat 23.11.2026 09:31 0Zamin
Namanganda aholiga ajratilgan gazni yashirincha sotganlar aniqlandi

Namangan viloyatining Norin va Chust tumanlarida aholi ehtiyojlari uchun ajratilgan suyultirilgan gazni noqonuniy ravishda sotish holatlari fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida viloyat IIB xodimlari tomonidan ikki tumanda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Xususan, Norin tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida u aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazdan foydalanib, gaz ballonlarini noqonuniy to‘ldirish va sotish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. Xonadonidagi 72 ta gaz balloni tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Chust tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ham aholi uchun ajratilgan suyultirilgan gazni har bir kilogrammini 5 ming so‘mdan sotib kelgani ma’lum bo‘lgan. Uning xonadonidan 6 ta gaz balloni va 480 kilogramm suyultirilgan gaz ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar