23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

O‘zbekistonda 70 yoshdan oshgan 218 nafar erkak oila qurdi

O'zbekiston 23.11.2026 11:14 0Zamin
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshgan 218 nafar erkak oila qurdi

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakat bo‘yicha FHDYO organlari tomonidan jami 172 mingta nikoh rasman ro‘yxatga olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Nikohdan o‘tgan erkaklarning yosh toifalari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • 20 yoshgacha — 3 093 nafar;

  • 20–30 yosh — 141 620 nafar;

  • 31–40 yosh — 19 005 nafar;

  • 41–50 yosh — 4 967 nafar;

  • 51–60 yosh — 2 310 nafar;

  • 61–69 yosh — 813 nafar;

  • 70 yosh va undan kattalar — 218 nafar.

Statistikadan ko‘rinishicha, nikohlarning asosiy qismi 20–30 yoshli erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu yosh toifasida 141 620 nafar erkak oila qurgan.

Shuningdek, 61 yoshdan oshgan 1 031 nafar erkak ham joriy yilning to‘qqiz oyi davomida rasman nikohdan o‘tgan. Ularning 218 nafari 70 yosh va undan katta bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar