28.11.2026, Shanba+12.3°CToshkentUSD12 017.70EUR13 179.81RUB146.39
+12.3°CToshkent$12 017.70 28.11.2026

Baland ovozli reklama uchun javobgarlik bo‘lishi mumkin

Boshqa 28.11.2026 10:33 0Anhor
Baland ovozli reklama uchun javobgarlik bo‘lishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga televideniyedagi ayrim reklama bloklari ovozi teleko‘rsatuv ovoziga nisbatan ancha baland ekani haqida tomoshabinlardan murojaatlar kelib tushmoqda. Qo‘mita reklama joylashtirishda uning ovoz darajasiga nisbatan qonunchilikda aniq talablar belgilanganini eslatdi. Xususan, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va reklama haqidagi anons ovozi reklama bilan uzib qo‘yilgan teleko‘rsatuv yoki teleko‘rsatuv ovozidan baland bo‘lishi mumkin emas. Raqobat qo‘mitasi ushbu talablarning bajarilishini nazorat qiladi. Zarur hollarda reklama ovozining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi texnik vositalar yordamida tekshiriladi.

Qonunchilik talablarini buzgan holda reklama tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Qo‘mita ommaviy axborot vositalari, tele va radiokanallar, reklama agentliklari hamda reklama tarqatuvchilarni qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Anhor.uz Rayhon, “Ummon” va G‘aybulla Tursunov konsertlari reklamalarida qonun talablari buzilgani aniqlangani haqida yozgandi.

Rayhon, “Ummon” va G‘aybulla Tursunov konsertlari reklamalarida qonun talablari buzilgani aniqlandiRayhon, “Ummon” va G‘aybulla Tursunov konsertlari reklamalarida qonun talablari buzilgani aniqlandi

O‘xshash yangiliklar