Apple 2027-yilda oltita yangi iPhone taqdim etishi mumkin | Daryo

Apple kompaniyasi 2027-yilda smartfonlar taqdimotini ikki bosqichga bo‘lishni va oltita yangi iPhone taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Bahorda iPhone 18, hamyonbop 18e hamda yangilangan yupqa Air 2 modellari kutilmoqda. Kuzda esa Apple birdaniga uchta premium yangilikni, jumladan, buklanuvchi smartfonni namoyish etishi mumkin.
Kutilayotgan yangiliklarga ko‘ra:
iPhone 18 — yangi A20 protsessori va takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega bo‘ladi. Taqdimot mart oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.
iPhone 18e — avvalgi ekranini saqlab qoladi, biroq A20 chipi hamda yangilangan kvadrat shakldagi kamera blokiga ega bo‘ladi.
iPhone Air 2 — yanada yupqalashadi, qo‘shimcha kamera va sig‘imi kattaroq akkumulyator bilan jihozlanadi.
iPhone 20 Pro va Pro Max — tubdan o‘zgargan dizayn, qayrilma displey va minimal hoshiyalar bilan chiqishi kutilmoqda. Apple yubiley — yigirmanchi seriyaga o‘tish munosabati bilan iPhone 19 avlodini o‘tkazib yuborishi mumkin.
iPhone Duo 2 — buklanuvchi smartfonning ikkinchi avlodi yengilroq bo‘ladi, yaxshilangan kameralar va A21 Pro protsessoriga ega bo‘ladi. Ekranlarning o‘lchami va formati o‘zgarishsiz qolishi taxmin qilinmoqda.
Biroq hozircha gap faqat sizdirilgan ma’lumotlar va prognozlar haqida bormoqda. Apple bo‘lajak qurilmalarning chiqish muddatini ham, texnik xususiyatlarini ham rasman tasdiqlagani yo‘q.



