26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

“Bavariya” Keynning o‘rniga “Arsenal” hujumchisini nishonga oldi | Daryo

Sport 26.11.2026 18:50 0Daryo
“Bavariya” Keynning o‘rniga “Arsenal” hujumchisini nishonga oldi | Daryo

Myunxenning “Bavariya” klubi Londonning “Arsenal” jamoasi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Haverts transferini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, germaniyalik futbolchi Harri Keyn jarohat olganidan so‘ng hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan myunxenliklar e’tiboriga tushgan.

Angliyalik hujumchi bir necha oyga safdan chiqqani sababli “Bavariya” rahbariyati uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni o‘rganmoqda.

Biroq Haverts transferi klubdan jiddiy moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Manba xabariga ko‘ra, “Arsenal” futbolchini 75–85 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Kay Haverts 2023-yildan buyon London klubida to‘p surmoqda. U o‘sha yili “Chelsi”dan 75 million yevro evaziga “Arsenal”ga o‘tgan edi. Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval esa Germaniyaning “Bayer” (Leverkuzen) jamoasida faoliyat yuritgan va professional futbolchilik faoliyatini shu klubda boshlagan.

27 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O‘xshash yangiliklar