26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

Honda yangi Alpha krossoverining taşqi körinişi va interyerini namoyiş etdi

Sport 26.11.2026 18:09 0Kun.uz
Honda yangi Alpha krossoverining taşqi körinişi va interyerini namoyiş etdi

Honda yangi Alpha elektr krossoverining ilk eskizlarini körsatdi. Jahon premyerasi 2-dekabr kuni bölib ötadi.

Uşbu model brendning Hindistonda işlab çiqarilişi yölga qöyiladigan birinçi elektrokrossoveri böladi. Avtomobil dizayni ustida Yaponiyaning Honda Design Centre Japan dizayn markazi mutaxassislari işlagan. Avvalroq kompaniya model «global bozorda, asosan Yaponiya va Hindistonda» sotilişi haqida xabar bergan edi.

Honda

Taqdim etilgan eksteryer eskizlarida ravon kuzov çiziqlari va yirik proporsiyalarga ega SUV siluetini köriş mumkin. Kompaniyadagilar taşqi körinişni yaratişda nafislik va yorqin qiyofani uyğunlaştirişga intilganliklarini taʼkidlaşdi.

Krossover interyeri zamonaviy minimalizm uslubida işlangan. Honda keng salon, puxta öylangan ergonomika va raqamli texnologiyalarga urğu berilişini vaʼda qilmoqda.

Honda Alpha’ning batafsil texnik xususiyatlari, kuç qurilmasi va jihozlanişi haqidagi maʼlumotlar jahon premyerasi çoğida oşkor etiladi.

O‘xshash yangiliklar