26.11.2026, Payshanba+13.1°CToshkentUSD11 987.89EUR13 114.75RUB145.41
+13.1°CToshkent$11 987.89 26.11.2026

Voleybolni yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş çora-tadbirlari belgilandi

Sport 26.11.2026 18:01 0Kun.uz
Voleybolni yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş çora-tadbirlari belgilandi

Qarorga köra, voleybolni 2030-yilgaça rivojlantiriş va ommalaştirişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) reytingida voleybol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi örnini kötariş va Osiyoda top-5 mamlakatlar qatoriga kiritiş;

voleybol sport turini ommalaştiriş orqali uşbu sport turi bilan şuğullanuvçilar qamrovini 1 mln nafarga yetkaziş va boşqalar.

2026-yil 1-dekabrdan har bir tuman va şaharda kamida 1 tadan umumiy örta taʼlim taşkilotida voleybol sport turiga ixtisoslaşgan sport klublari taşkil etiladi.

2026/2027 öquv yili yakuniga qadar voleybol infratuzilmasi mavjud barça umumiy örta taʼlim taşkilotlarida voleybol tögaraklari taşkil etiladi.

2026-yil 1-dekabrdan voleybol sport turiga ixtisoslaştirilgan klublar örtasida «Kelajak yulduzlari» voleybol musobaqasi ötkazib boriladi.

Özbekiston voleybol federatsiyasi tizimida Milliy voleybol ligasi taşkil qilinadi.

Milliy voleybol ligasi quyidagilarni öz içiga oladi:

  • Professional voleybol ligasi;

  • Talabalar voleybol ligasi;

  • Havaskorlik voleybol ligasi;

  • boşqa voleybol ligalari.

O‘xshash yangiliklar