25.11.2026, Chorshanba+12.1°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+12.1°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Birinchi qismidanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan turk komediyalari | Daryo

Media 24.11.2026 16:49 0Daryo
Birinchi qismidanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan turk komediyalari | Daryo

Turk seriallari deganda ko‘pchilikning xayoliga avvalo murakkab oilaviy munosabatlar, xiyonat, qasos va ko‘z yoshlariga boy melodramalar keladi. Ammo Turkiya kinematografiyasida kayfiyatni ko‘taradigan, samimiy hazillari va kutilmagan voqealari bilan tomoshabinni o‘ziga rom etadigan komediyalar ham talaygina. Ularda muhabbat, ishdagi sarguzashtlar, oilaviy kelishmovchiliklar va kundalik hayotdagi kulgili vaziyatlar o‘ziga xos tarzda tasvirlanadi. Quyida og‘ir syujetlardan biroz tanaffus qilib, maroqli hordiq chiqarishga yordam beradigan sakkizta turk serialini jamladik.

“Yevropa tomon”

  • Asl nomi: Avrupa Yakasi

  • Yillar: 2004–2009

  • Janr: komediya

  • Rejissyorlar: Jale Atabey O‘zberk, Hakan Algul

  • Ssenariy muallifi: Gulse Birsel

  • Bosh rollarda: Gulse Birsel, Levent Uzumju, Shenay Gurler

Ancha eski, ammo hali ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan ajoyib turk seriali — ketma-ket besh yil davomida ekranlarga chiqqan “Yevropa tomoni” sitkomidir. Loyihada dabdabali va oddiy dunyo odamlari o‘rtasidagi tafovutlar komediya prizmasi orqali ko‘rsatib beriladi, hikoyaning bosh qahramoni esa moda jurnali muharriri Asli.

Har bir qismning asosini qahramonlar shaxsiy munosabatlar, ish jarayoni va oilaviy muammolarning doimiy to‘qnashuvi oqibatida tushib qoladigan oddiy hayotiy vaziyatlar tashkil etadi.

“Ayni haqiqat”

  • Asl nomi: Aynen Aynen

  • Yillar: 2019–2021

  • Janr: komediya

  • Rejissyorlar: Yunus Ozan Qo‘rqut, Usmon Kaya

  • Ssenariy mualliflari: Alper Erze, Begum Arduch

  • Bosh rollarda: Nilperi Shahinkaya, Kerem Bursin, Uraz Kaygilaro‘g‘lu

Bosh qahramon Nil dastlab niyatlarining jiddiyligiga qizni ishontirish uchun bor kuchini ishga solayotgan Amir bilan munosabat o‘rnatishga urinadi. Biroq yigit o‘z maqsadiga erishishi bilanoq, qizni ayriliq va orzusidagi boshqa bir yigit — Deniz bilan uchrashuv kutadi. Nil birinchi yigit bilan ham, ikkinchisi bilan ham kulgili vaziyatlarga tinimsiz tushib qolaveradi.

“Tuzli qahva”

  • Asl nomi: Tuzlu Kahve

  • Yil: 2026-…

  • Janr: komediya, melodrama, oilaviy

  • Rejissyor: Mustafo Qotan

  • Ssenariy mualliflari: Eje Yosmao‘g‘lu, Asli Zenjin

  • Bosh rollarda: Eda Eje, Bug‘ra Gulsoy, Binnur Kaya, Shevval Sam, Nebaxat Chexre

“Tuzli qahva” serialining asosiy janri komediya bo‘lib, bu Turkiyadagi asosiy televizion mavsum uchun mutlaqo xos emas. Biroq aynan shu jihat tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilgan o‘ziga xos “fishka”ga aylandi.

Dastlabki qismlardagi hazillar ko‘pchilikka haddan tashqari sayoz va sun’iydek tuyuldi. Ammo keyinroq ssenariynavislar ishga sho‘ng‘ib ketishdi va o‘z uslublarini topa olishdi. Asosiy mavzu — yosh o‘tib borayotganda turmushga chiqish masalasi. Bosh qahramon Derin Xoqonga turmushga chiqishni orzu qilardi, biroq yigit undan yashirincha boshqa qizning qo‘lini so‘raydi.

Go‘yo o‘ziga achinib, boy berilgan muhabbat uchun ko‘z yosh to‘kadigan payt kelgandek edi, ammo Derin bunday qilmaydi. U allaqachon to‘yxonani band qilib qo‘ygan va oldindan to‘langan pulni hech kim unga qaytarib bermaydi. Shunday ekan, to‘yni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun yangi kuyov qidirish kerak. Shu payt unga nufuzli oilaning merosxo‘ri Mehmet uchrab qoladi.

“Hamma joyda sen”

  • Asl nomi: Her Yerde Sen

  • Yil: 2019

  • Janr: komediya, melodrama

  • Rejissyor: Ender Mixlar

  • Ssenariy mualliflari: Deniz Yesilgun, Esra Chetek Yilmazer

  • Bosh rollarda: Furkan Andich, Aybuke Pusat.

Arxitektor Selin va tadbirkor Demir ularga bitta uyni ijaraga bergan firibgarlarning qurboniga aylanishadi. Juftlik kutilmagan qo‘shnichilik haqida ancha kech xabar topadi va qahramonlarning hech biri kvartiradan voz kechishga rozi bo‘lmaydi.

Selin va Demir o‘rtasidagi munosabatlarni faqatgina shu bilan tugamaydi. Ma’lum bo‘lishicha, yigit qizning yangi boshlig‘i ekan, shuning uchun endi ular bir-birlariga 24/7 chidashga majbur.

“Ershan Kuneri”

  • Asl nomi: Erşan Kuneri

  • Yillar: 2022–2024

  • Janr: komediya, tarixiy

  • Rejissyor: Jem Yilmaz

  • Ssenariy muallifi: Jem Yilmaz

  • Bosh rollarda: Jem Yilmaz, Zafer Algo‘z, Ezgi Mola

Ko‘z o‘ngimizda 1980-yillardagi Turkiya namoyon bo‘ladi. Voqeaning bosh qahramoni — Eshrat Kuneri ismli mashhur prodyuser. Bu ijodkorni karyerasi qoniqtirmaydi, shu bois u shu paytgacha qilgan barcha ishlarini qayta ko‘rib chiqishga ahd qiladi.

Eshranning maqsadi o‘zi o‘rganib qolgan janr qobig‘idan chiqishdir. Shuning uchun u hamfikrlar jamoasini to‘plab, ishga kirishadi. Tabiiyki, unga o‘rnashib qolgan tamg‘a bir qator kulgili vaziyatlarni keltirib chiqaradi.

“Niqob ostida”

  • Asl nomi: Gizli Sakli

  • Yili: 2022

  • Janr: jangari, melodrama, komediya

  • Rejissyor: Murat Aksu

  • Ssenariy muallifi: Ayshe Balibey Tanil

  • Bosh rollarda: Sinem Unsal, Halit O‘zgur Sari

Hozirda “Olis shahar” serialida dramatik rolni mahorat bilan ijro etayotgan maftunkor Sinem Unsal qahramoni Naz politsiya akademiyasini endigina tamomlagan va darhol foyda keltirishni orzu qiladi.

Ammo qizning tartib o‘rnatishga bo‘lgan ishtiyoqi eng nufuzli jinoyat olami vakillaridan birining payini qirqishga qaratilgan hamkasbi Pamirning murakkab operatsiyasini barbod qilishiga olib keladi. Jazo sifatida Naz va Pamir birgalikda ishlashga majbur bo‘ladi. Shunchaki ishlash emas, balki mafioz Tariq Koshoo‘g‘liga qo‘shni bo‘lib ko‘chib kelgan yangi kelin-kuyov rolini o‘ynashlariga to‘g‘ri keladi.

“To‘rg‘ay”

  • Asl nomi: Erkenci Kus

  • Yillar: 2018-2019

  • Janri: komediya, drama, melodrama

  • Rejissyorlar: Chag‘ri Bayrak, Aytach Chichek

  • Ssenariy mualliflari: Yeshim Chitak, Ayshe Kutlu, Banu Zengin Tak

  • Bosh rollarda: Demet O‘zdemir, Jan Yaman

Bosh qahramon Sanem (Demet O‘zdemir) qo‘shnisining o‘g‘liga turmushga chiqishdan qochib, opasi ishlaydigan nufuzli reklama agentligiga ishga kiradi. U yerda qizni nafaqat ish bilan bog‘liq yangi “sinovlar”, balki ko‘plab kulgili lahzalarga boy yorqin muhabbat qissasi ham kutmoqda.

“Janob xato”

  • Asl nomi: Bay Yanlış

  • Yil: 2020

  • Janr: komediya, melodrama

  • Rejissyor: Deniz Yorulmazer

  • Ssenariy mualliflari: Banu Zengin Tak, Asli Zengin

  • Bosh rollarda: Jan Yaman, O‘zge Gyurel

Ezgi doim o‘ziga mos bo‘lmaganlarni tanlagani sababli erkaklar borasida sira omadi chopmaydi. Uning har bir ishqiy munosabati ayanchli yakun topavergach, u uzoq va baxtli hayotga erishishdan umidini uzadi. Ammo u O‘zgur ismli ayollarni maftun qilishda ustasi farang yigit bilan uchrashib qoladi.

Yordam evaziga yigit unga erkaklar qanday fikrlashi va bo‘lajak umr yo‘ldoshini o‘z to‘riga ilin­tirish uchun qanday yo‘l tutish lozimligini o‘rgatishga rozi bo‘ladi. Biroq yigit qizga qancha ko‘p saboq bersa, o‘zi ham unga ko‘ngil qo‘yayotganini shuncha ko‘p payqay boshlaydi.

O‘xshash yangiliklar