YeOTB: O‘zbekistonda raqamli loyihalar va migrantlar uchun sun’iy intellekt imkoniyatlari

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va omborxona infratuzilmasi sohasida raqamli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Bu haqda YeOTB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tigran Sarkisan Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi ishtirokidagi videoko‘prikda ma’lum qildi.
O‘zbekiston Sankt-Peterburgning ko‘chmas mulk bozoriga oid raqamli yechimlariga qiziqish bildirmoqda.
Ushbu yechimlar ko‘chmas mulk obyektlarining joylashuvi va mavjud xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni birlashtirib, bozor ishtirokchilarini to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash imkonini beradi. YeOTB O‘zbekistonda shunday loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelib tushgan arizani ko‘rib chiqmoqda.
O‘zbekiston qiziqish bildirayotgan yana bir yo‘nalish — raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy omborxona infratuzilmasini rivojlantirish. Ushbu masalalar O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari bilan uchrashuvda muhokama qilindi.
Sarkisan bankning raqamli loyihalar tanlovida o‘zbekistonlik AT-kompaniyalar faol ishtirok etishiga umid bildirdi. Tanlovdan maqsad — raqamli yechimlarni rivojlantirish va mintaqa mamlakatlari integratsiyasiga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
U "YeOIIda ish" platformasiga ham alohida to‘xtaldi. Platformaning har bir mamlakat qonunchiligiga moslashtirilgan milliy segmentlari mavjud.
Kelgusida platformada sun’iy intellektdan kengroq foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu ish qidiruvchilarga muayan mamlakatda ishga joylashish, ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tish va boshqa tartib-qoidalar haqida dolzarb ma’lumot olish imkonini beradi.
Sarkisanning fikricha, sun’iy intellekt Yevroosiyo integratsiyasini yanada rivojlantirish vositalaridan biriga aylanishi mumkin. Yangi texnologiyalarni birgalikda joriy etish mehnat unumdorligini oshirish va global muammolarni hamkorlikda hal etishga yordam beradi.
U davlatlarning teng huquqliligini YeOIIning asosiy tamoyillaridan biri deb atadi. Iqtisodiyoti hajmi va aholisi sonidan qat’i nazar, har bir a’zo mamlakat qarorlar qabul qilishda teng ovoz va veto huquqiga ega.
Batafsil — videomizda.




