Chempionlar Ligasi g‘olibligiga asosiy da’vogarlar reytingini yangilandi — ESPN | Daryo

AQSHning ESPN nashri Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvlari oldidan turnirda g‘olib chiqish uchun asosiy da’vogarlar reytingini yangiladi. Ro‘yxatda Fransiyaning “PSJ” klubi birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Nashr ekspertlari Luis Enrike boshqaruvidagi jamoani musobaqaning asosiy favoriti deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, “PSJ” Chempionlar Ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqishi mumkin. Reytingda ikkinchi o‘rinni Kataloniyaning “Barselona” klubi egalladi. Kuchli uchlikni esa “Arsenal” yakunlab berdi.
Musobaqaning 15 karra g‘olibi “Real” 4-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to‘p tepadigan “Manchester Siti” 6-pog‘onani band etgan.
ESPN talqiniga ko‘ra Chempionlar Ligasi favoritlari ro‘yxati (top-10):
“PSJ”
“Barselona”
“Arsenal”
“Real”
“Bavariya”
“Manchester Siti”
“Liverpul”
“Komo”
“Inter”
“Atletiko”
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvlari 24–25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Hozirda turnir jadvalida 12 ochkodan jamg‘argan “PSJ” va “Real” peshqadamlik qilmoqda. Dastlabki to‘rtta bahsning barchasida mag‘lubiyatga uchragan Bratislavaning “Slovan” klubi esa birorta ham ochko to‘play olmay, 35 ta Yevropa klubi orasida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.



