29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

Foydalanishga topshirilmagan uylarga ko‘chib kirishga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin | Daryo

O'zbekiston 29.11.2026 00:04 1Daryo
Foydalanishga topshirilmagan uylarga ko‘chib kirishga yo‘l qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin | Daryo

Senatning 21-yalpi majlisida qurilishi tugallanmagan ko‘p kvartirali uylarda noqonuniy yashashning oldini olishga qaratilgan qonun muhokama qilindi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunda belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarning ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yganlik uchun buyurtmachi va pudratchining mas’ul va mansabdor shaxslariga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutilgan.

Shuningdek, Shaharsozlik kodeksiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, buyurtmachi va pudratchilar zimmasiga foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarning ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Muhokama davomida senatorlar mazkur o‘zgartirishlar uy-joy bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Avvalroq O‘zbekistonda eskrou tizimi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborilgandi. Hujjatda ulushli qurilishga kiritilgan mablag‘larni banklardagi eskrou hisobvaraqlarida saqlash, shartnomalarni notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilanmoqda.

O‘xshash yangiliklar