Istanbulda “Galatasaroy” — “Aston Villa” bahsi o‘tadigan arena yaqinida sher aniqlangan — Daily Mail | Daryo

Yevropa Chempionlar Ligasi doirasidagi “Galatasaroy” hamda “Aston Villa” o‘rtasidagi uchrashuv arafasida Istanbulda noodatiy holat kuzatildi. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, bahs bo‘lib o‘tadigan “RAMS Park” stadionidan taxminan 16 kilometr uzoqlikdagi o‘rmonzorda yovvoyi sher yurgani aniqlangan.

Daily Mail
Ma’lumotlarga ko‘ra, yirtqich ilk bor 22-noyabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida Istanbulning Sariyer tumanidagi Zekeriyakoy mavzesida joylashgan politsiya bo‘limi kuzatuv kameralariga tushib qolgan (“RAMS Park” arenasi ham aynan shu tumanda joylashgan). Hozirda 70 ga yaqin politsiya va favqulodda vaziyatlar xodimlari 7 ta dron yordamida sherni qidirmoqda. Istanbul gubernatorligi hayvon joylashgan hudud aniqlangani va uni tiriklayin tutish uchun barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Mahalliy aholidan esa ehtiyotkor bo‘lish so‘ralgan.

Daily Mail
Qizig‘i shundaki, “Galatasaroy” klubining laqabi “sherlar” bo‘lsa, “Aston Villa” ramzida ham sher tasvirlangan. “Galatasaroy” himoyachisi Abdulkerim Bardakchi ushbu voqeaga hazil aralash munosabat bildirdi:



