24.11.2026, Seshanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

Bibisara Asaubayeva Jenevaga Javohir Sindarov uchun keldi: U nimalarni oshkor qildi?

Sport 23.11.2026 22:57 0Zamin
Bibisara Asaubayeva Jenevaga Javohir Sindarov uchun keldi: U nimalarni oshkor qildi?

«Jenevadagi dastlabki kunlar juda sermahsul o‘tdi. Turnir zaliga bordik, matbuot anjumani va ochilish marosimida ishtirok etdik. Do‘stlar bilan uchrashdik», — deb yozdi u.

«Muhiddinni suratga olish bilan qiynayapman»

Asaubayevaning postida muxlislar e’tiborini tortgan yana bir jihat — uning hazilomuz e’tirofi bo‘ldi.

Shaxmatchi hamrohlaridan biri Muhiddinning fotograflik mahoratini hazil bilan tanqid qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, suratga olish jarayoni kutilganidek yaxshi chiqmayapti.

«Va, albatta, Muhiddinni suratga olish bilan qiynayapman, fotograf sifatidagi faoliyati unchalik yaxshi chiqmayapti», — deya hazil qildi Asaubayeva.

Shu tariqa, jahon chempionligi uchun katta kurash arafasidagi Jeneva safari shaxmatchilar uchun nafaqat rasmiy tadbirlar, balki do‘stlar davrasidagi samimiy lahzalar bilan ham esda qolmoqda.

Javohir Sindarovni qanday muhim bahs kutmoqda?

Jenevada 24 noyabrdan 12 dekabrga qadar shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun asosiy bahs bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan kuch sinashadi.

O‘xshash yangiliklar