25.11.2026, Chorshanba+12.1°CToshkentUSD11 990.54EUR13 136.84RUB146.24
+12.1°CToshkent$11 990.54 25.11.2026

Li Min Xo qaytmoqda, “Xallyu taqiqi” yumshashi mumkin: koreys doramalari olamidagi yangiliklar | Daryo

Media 24.11.2026 13:47 0Daryo
Li Min Xo qaytmoqda, “Xallyu taqiqi” yumshashi mumkin: koreys doramalari olamidagi yangiliklar | Daryo

Aktyor Kim Nim falokatning oldini olishga yordam berdi

Image

Koreys doramalari tomoshabinlar e’tibori uchun kurashni davom ettirmoqda. Yaqinda Kim Ji-von bosh rolni ijro etgan “Doktor X” tibbiy doramasi yakunlandi. Daho jarroh Ke Su-jon haqidagi serial yuqori reytinglar bilan birga, shifokorlar tanqidi va ayrim bahsli sahnalari bilan ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shunga qaramay, dorama namoyish davomida 15 foiz atrofidagi tomoshabinlar reytingini saqlab, yetakchi loyihalardan biriga aylandi.

Yuqori natijalarni qayd etayotgan “100 kunlik yolg‘on” tarixiy doramasi ham finalga yaqinlashmoqda. Unda Yaponiya general-gubernatorligi davrida Koreya Mustaqillik Armiyasi uchun josuslik qiladigan o‘g‘ri qiz Li Ga Gyon haqida hikoya qilinadi. Serialning 13-qismi 12,5 foizlik reyting bilan eng yuqori natijasini qayd etdi. Bosh rollarni ijro etgan Kim Yu-jon va Pak Chin-yon ham tomoshabinlar orasida eng ko‘p muhokama qilinayotgan aktyorlar qatorida.

Biroq doramaning jiddiy raqibi ham paydo bo‘ldi. 20-noyabr kuni Chan Na Ra va Kim Xe Yun ishtirokidagi “Yaxshi hamkor” yuridik dramasining ikkinchi mavsumi namoyishi boshlandi. O‘z yuridik firmasini boshqarayotgan, ajrim ishlari bo‘yicha taniqli advokat Cha In Gyonning qaytishi tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Serial dastlabki ikki qismdayoq ikki xonali reyting ko‘rsatkichlariga erishdi.

Xalqaro maydonda esa “Qirolichaning ikkinchi nikohi” tarixiy-fentezi doramasi katta shuhrat qozondi. Imperator Navye, Sovyeshu, shahzoda Xeynri va Rashta o‘rtasidagi saroy voqealari Disney+ platformasining 74 ta mamlakatdagi eng mashhur o‘nta loyihasi qatoridan joy oldi. Tomoshabinlar esa 25-noyabr kuni namoyish etiladigan final qismini intiqlik bilan kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar