23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz”ning yangi qismida yana Kevin rolini ijro etadi | Daryo

Media 23.11.2026 15:57 0Daryo
Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz”ning yangi qismida yana Kevin rolini ijro etadi | Daryo

20th Century Studios kinokompaniyasi “Uyda yolg‘iz” filmining davomini suratga oladi. Unda ulg‘aygan Kevin Makkallister rolini yana Makoley Kalkin ijro etadi, deb xabar berdi “Pravilamag”.

Ma’lum qilinishicha, filmga tayyorgarlik ishlari hozircha dastlabki bosqichda. Yangi qism syujeti Kalkinning g‘oyasiga asoslanadi. Kartina uchun Set Rogen hamda Evan Goldberg ssenariy yozadi va prodyuserlik qiladi.

Dastlabki ikki qism rejissyori Kris Kolambus hamda avvalgi filmlarda o‘ynagan boshqa aktyorlarning loyihaga qaytish-qaytmasligi hozircha noma’lum.

“Pravilamag”

O‘tgan yili Kalkin “Uyda yolg‘iz”ning yangi qismida yana Kevin rolini o‘ynash istagi borligini bildirgan edi.

“Menda bir g‘oya bor edi. Unda beva qolgan yoki ajrashgan ota rolini o‘ynayman. Syujetga ko‘ra, farzandimni yolg‘iz tarbiyalayman, lekin juda ko‘p ishlaganim uchun unga yetarlicha vaqt ajrata olmayman. Shu sabab o‘g‘limning mendan jahli chiqadi. Oxir-oqibat u meni uyga kiritmaydi va tuzoqlar qo‘yib chiqadi”, degan edi aktyor.

Hozircha ssenariy mualliflari aynan shu g‘oyani asos qilib olish-olmasligi aniq emas.

Ma’lumot uchun, ikki yil avval rejissyor Kris Kolambus “Uyda yolg‘iz”ning davomini suratga olishni istamasligini aytgan. Uning fikricha, asl filmlar kino tarixida o‘ziga xos va takrorlanmas voqea bo‘lib qolishi kerak.

O‘xshash yangiliklar