O‘zbekistonlik bokschilarning Jahon kubogidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi | Daryo

28-noyabrdan 3-dekabrgacha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha Jahon kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari vakillarining dastlabki raqiblari aniqlandi. Har ikki terma jamoa ham to‘liq tarkibda musobaqada ishtirok etadi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslar:
50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) — Daniyal Sabit (Qozog‘iston)
55 kg: Asilbek Jalilov (O‘zbekiston) — Abdul Burton (Angliya)
60 kg: Samandar Olimov (O‘zbekiston) — Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iziston)
65 kg: Abdurahmon Mahmudjonov (O‘zbekiston) — Bunjong Sinsiri (Tailand)
70 kg: Abdulloh Madaminov (O‘zbekiston) — B. Nurmuhammedov (Turkmaniston)
75 kg: Safarmurod Allaberganov (O‘zbekiston) — Pasoni Badi Taafaki (Tuvalu) — yarim final
80 kg: Javohir Ummataliyev (O‘zbekiston) — yarimfinal
85 kg: Norbek Abdullayev (O‘zbekiston) — Idar Janilov (Rossiya)
90 kg: Akmaljon Isroilov (O‘zbekiston) — Laklan Louson (Avstraliya)
+90 kg: Jahongir Zokirov (O‘zbekiston) — yarimfinal
Ayollar o‘rtasidagi bahslar:
48 kg: Farzona Fozilova (O‘zbekiston) — A. Kristoforska (Polsha)
51 kg: Feruza Kazakova (O‘zbekiston) — Yuna Nishinaka (Yaponiya)
54 kg: Nigina O‘ktamova (O‘zbekiston) — Punam (Hindiston)
57 kg: Humorabonu Mamajonova (O‘zbekiston) — Lyudmila Vorontsova (Rossiya)
60 kg: Sitora Turdibekova (O‘zbekiston) — Kristina Kuluhova (Serbiya)
65 kg: Navbahor Hamidova (O‘zbekiston) — yarimfinal
70 kg: Aziza Zokirova (O‘zbekiston) — Nadejda Golubyeva (Rossiya)
80 kg: Ruhshona Parpiyeva (O‘zbekiston) — Saltanat Medenova (Rossiya)
Ma’lumot uchun, musobaqada 31 mamlakatdan 142 nafar bokschi ishtirok etadi. Turnir Jahon boks tashkiloti (World Boxing) tomonidan tashkil etiladi.



