28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi pley-offga chiqdi: 1/16 finalda raqibimiz — Ispaniya!

Sport 27.11.2026 23:18 1Zamin
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi pley-offga chiqdi: 1/16 finalda raqibimiz — Ispaniya!

Qatarda o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan «K» guruhi bahslari yakunlandi va ushbu natijalar O‘zbekiston U-17 terma jamoasining keyingi bosqich taqdirini hal qildi.

«K» guruhi o‘yinlari va so‘nggi yo‘llanma taqdiri

Guruhning hal qiluvchi uchrashuvlarida Ruminiya o‘smirlar terma jamoasi Kamerun ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim boshida yevropaliklar uchta gol urib, hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, bahs yakunida kamerunliklar safida Aviyel Xentcho Nseke javob to‘pini kiritdi.

Ushbu g‘alaba Ruminiyaga 3 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egallash imkonini berdi, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra ruminiyaliklar O‘zbekistondan ortda qoldi. Natijada 3 ochko va +1 to‘plar nisbatiga (8:7) ega O‘zbekiston U-17 jamoasi 12 ta guruhdagi uchinchi o‘rin sohiblari reytingida so‘nggi, 8-pog‘onani egallab, 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Pley-offning ilk bosqichida vakillarimiz guruh bosqichining eng yaxshi natija qayd etgan jamoasi — Ispaniya U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘xshash yangiliklar